Ishxonada koronavirusdan o‘lim holati bo‘lsa, rahbarga nisbatan qanday chora qo‘llaniladi? – mutaxassis izohi

O‘zbekiston 13:03 / 09.09.2020 14434

Unda ishxonada koronavirusdan o‘lim holati bo‘lsa, rahbarga nisbatan qanday chora qo‘llaniladi, deya berilgan savolga javob qaytarildi.

“Bunday holatlarda, agar korxona tomonidan sanitariya qoidalari ta'minlanmagan, deb gumon qilinsa, rasmiy murojaat etilishi kerak.

SSV viloyat yoki tuman miqyosida shu holatni to‘liq o‘rganuvchi ishchi guruh tashkil etiladi. Ishchi guruh tomonidan chuqur epidemiologik kuzatuv olib boriladi va barcha tomondan kasallik keltirib chiqarilishiga sabab bo‘lgan omillar tahlili olib boriladi.

Agarda korxonada sanitariya epidemiologik me'yorlar va qoidalar talab darajasida tashkil etilmagani va ularga rioya etilmagani tasdiqlansa, albatta bu holat qonun doirasida yechim topadi”, - dedi Sevara Ubaydullayeva.

Shuningdek, xorijdan qaytgan O‘zbekiston fuqarolarida PZR tahlil natijasi manfiy bo‘lsa, karantinda necha kun saqlanishi bo‘yicha ham ma'lumot berildi.

“Mamlakatimizdagi qoidalarga ko‘ra boshqa davlatdan kelgan fuqarolar qaytgan mamlakatlaridagi epidemiologik vaziyatdan kelib chiqib statsionar yoki o‘z tanloviga ko‘ra mehmonxonalarda karantin chora-tadbirlariga qat'iy rioya qilgan holda 7,10 va 14 kun mutaxassislar nazoratida bo‘lishadi.

Agar karantinga olingan davrida shamollash alomatlari kuzatilmasa, karantin so‘nggida qayta test topshirishadi. Virus aniqlanganda davolashga yo‘naltiriladi, manfiy natijada esa uyga ketishlariga ruxsat beriladi”, - dedi shtab a'zosi.

Sevara Ubaydullayeva xorijdan qaytib kelishda ekspress usulda topshirilgan test natijasi inobatga olinadimi, deya yo‘llangan savolga ham javob berdi.

“O‘zbekiston havo yo‘llari" parvozlarida PZR usulida olingan tahlil natijalarini taqdim etish zarur. Ekspress usulda topshirilgan test natijalari ishonchli bo‘lmasligi mumkin, chunki bu tahlilda faqat virus bor-yo‘qligi aniqlanadi. Bu esa keyin virus yuklamasi miqdorini tahlil qilish uchun PZR tekshiruvi o‘tkazishni talab qiladi.Ba'zida ekspress testlar yolg‘on musbat natijani ko‘rsatishi mumkin. Bunday vaziyatlarda PZR tekshiruvi muhim ahamiyatga ega. Shundan kelib chiqqan holda PZR usuli natijasini taqdim etish talab etiladi”, - dedi u.

Ko‘proq yangiliklar: