FDG Manhattan turar-joy kvartalini sotish jarayonini boshlashga tayyorgarlik ko‘rmoqda

Jamiyat 15:00 / 09.09.2020 6511

Manhattan TJM o‘ziga xos me'morchilik uslubida quriladi va Darxondagi Markaziy park (sobiq Telman nomidagi park) ro‘parasida joylashgan bo‘ladi.

Hamid Olimjon metro bekati va park o‘rtasidagi maydonda qurilayotgan kvartal biznes va elita klassidagi uylardan tashkil topadi. Bino joylashgan hudud shaharning markaziy nuqtalaridan bo‘lib, bu yerga poytaxtimizning istalgan joyidan osonlik bilan yetib kelish mumkin. Parklar, savdo markazlari, maktablar, brodvey va qulay yashash uchun zarur bo‘lgan boshqa infratuzilmalar yaqin masofada joylashgan. Shuningdek, aeroportga borishingiz uchun 15 daqiqa, Toshkent vokzaligacha 10 daqiqa kifoya qiladi. Qurilish ishlarini First Development Group (FDG) kompaniyasi amalga oshirmoqda.

Poytaxt markaziga yangicha nigoh tashlash

Bir necha fazalarga bo‘lingan turar-joy majmualari, mehmonxonalar va biznes-markazlardan tashkil topgan butun kvartalning qurilish loyihasi o‘z ichiga nafaqat uy-joyni, balki mehmonxonalar va biznes-markazlarni olgan. Shuningdek, Darxon favvoralaridan markaziy parkkacha o‘tgan katta yo‘lovchilar xiyoboni shahar xaritasidagi yangi o‘ziga tortish nuqtasiga aylanadi. Uchburchak shaklidagi bino shaharning yana bitta yorqin va taniqli joyi bo‘lishi aniq. Odatdagidan farqli bo‘lgan bunday dizaynga arxitektorlarni Fletayron Bilding (dazmol-bino) – Nyu-Yorkning timsoli ilhomlantirdi.

Manhattan TJMlarida FDG developer quyidagicha qarashlarni amalga oshirmoqda:

1. Manhattan Prime TJM — hayotini jo‘shqinlikda va Toshkentning yuragida o‘tkazadiganlar uchun mo‘ljallangan hudud;

2. Manhattan Sentral TJM — voqealar markazida bo‘lishni hamda qulaylik va xizmatlarning munosib darajasiga ega bo‘lishni afzal ko‘radiganlar uchun uy-joylar;

3. Manhattan SOHO TJM — o‘zgacha muhitga ega tuman: erkin, yoshlarbop, ijodiy. Bu yerda galereyalar, restoranlar, kafe va zamonaviy do‘konlar joylashadi.

To‘la-to‘kis, mazmunga boy hayot kechirishga mos keladigan muhitni yaratish uchun developer Darxondagi loyihada nafaqat yashash uchun mo‘ljallangan va ko‘ngilochar, balki ishga oid infratuzilmani ham ko‘zda tutgan. Bitta obod kvartal doirasida ham yashash, ham ishlash, ham hordiq chiqara olish imkoniyati taqdim etiladi.

Darxondagi Manhattan qanday bo‘ladi?

Ushbu maskanda hayot ajratib qo‘yilgan bo‘lmaydi: kvartal ichidan, Hamid Olimjon metro bekatidan Markaziy parkning kirish joyigacha gavjum, piyodalar yurishiga mo‘ljallangan xiyobon o‘tadi. Insonlar bu yerga do‘stlari bilan uchrashish, do‘konlarni aylanish, ko‘chadagi musiqachilarni tinglash va turli ovozli odamlar oqimini kuzatgan holda, ko‘chadagi stolda kofe ichish uchun kelib turadilar. Undan so‘ng esa — parkkacha shoshmasdan borib, sayr qilishni u yerda davom ettirish mumkin.

Oybek Shodiyev, FDG kompaniyasining bosh direktori:

“ Manhattan loyihasida Nyu-Yorkning jo‘shqin muhit va kayfiyatini aks ettirish maqsad qilib olingan. Yangi kvartal qulaylikning qadriga yetadigan va vaqtning qiymatini biladigan faol, ishbilarmon insonlarga yoqishi aniq. Yangi avlodiga kerak bo‘lgani ham aynan shu — ularning faol hayot tarziga moslashtirilgan, yorqin ifodalangan individuallikka ega bo‘lgan hudud”.

Toshkentdagi Manhattan’ning rivojlangan va puxta o‘ylab chiqilgan infratuzilmasi yangi TJM yashovchilari uchun munosib yashash va dam olish sharoitini ta'minlaydi. Sog‘lom turmush tarzi tarafdorlari bu yerda sport bilan shug‘ullanishlari, yosh bolali onalar va katta yoshdagi insonlar — toza havoda sayr qilishlari, yoshlar esa — vaqtni maroqli o‘tkazishlari mumkin bo‘ladi.

Yaqin masofada joylashgan Markaziy parkda shahar festivallari, konsertlar va xalq sayllari o‘tadi. Sokin hovli tashqarisiga chiqsangiz bas – siz birdan voqealar markaziga tushib qolasiz.

Sotuvlar boshlanishi haqida

Keng ko‘lamli, istiqbolli loyihaning ilk bosqichi – biznes-klass xonadonlarga ega Manhattan Prime TJM bo‘ldi. Majmua 16 qavatli 6 ta uydan tashkil topgan bo‘lib, ularning har birida 360 tadan xonadon mavjud bo‘ladi. Kvartira maydonlari 39,8 kv. metrdan 120 kv. metrgacha farqlanadi.

Oljas Kurmanaliyev, FDG kompaniyasi tijorat direksiyasining boshlig‘i:

“Agarda siz ancha paytdan beri Darxonda xonadon xarid qilishni orzu qilayotgan bo‘lsangiz, unda Manhattan – siz uchun eng mukammal variant. Hozirning o‘zida telefon orqali, ijtimoiy tarmoqlarda yoki FDG ofisida ariza qoldirishingiz mumkin. Manhattan Phime TJMda xonadon sotib olgan birinchi 30ta xaridor uchun esa biz maxsus taklif tayyorlab qo‘yganmiz. Ular First Development Group kompaniyasidan, ularga ushbu tumanda pastroq narx bo‘yicha uy joy xarid qilish imkoniyatini beruvchi kafolatlangan chegirmani qo‘lga kiritadilar”.

Bog‘lanish uchun:

Sayt: Manhattan.uz

Telegram: t.me/fdguz

Instagram: instagram.com/fdg_uz

Facebook: fb.com/firstdevelopmentgroup

Sotuvlar bo‘limi telefoni: (+998) 78−150−55−11

Reklama huquqi asosida

Ko‘proq yangiliklar: