Britaniyaliklarga 14 sentyabrdan olti kishidan ortiq guruh bo‘lib to‘planish taqiqlanadi

Jahon 14:27 / 09.09.2020 1714

Buyuk Britaniyada 14 sentyabrdan olti kishidan ortiq guruh bo‘lib tadbir o‘tkazish taqiqlanadi. 

 "Bi-bi-si"ning mamlakat hukumatiga tayanib xabar qilishicha, koronavirus bilan bog‘liq vaziyat tufayli London ana shunday qaror qabul qilgan.

 Bino ichida ham, ko‘chada ham katta guruh bo‘lib to‘planish qonun bilan taqiqlanadi. Ammo bu talab maktab va ofislar hamda "xavfsiz to‘ylar, aza va sport tadbirlari"ga taalluqli bo‘lmaydi. 

 Qoidabuzarlarga 100 funt jarima solinadi, takroran qoida buzilishi jarima miqdorining oshishiga olib keladi.

 Qayd etilishicha, Buyuk Britaniyada yakshanba kuni 8396ta yangi koronavirus holatlari aniqlangan.

 Mamlakatda pandemiya boshlanganidan buyon 354 932ta holat qayd etilgan, 41 675 nafar kishi vafot etgan.

 

Ko‘proq yangiliklar: