9 sentabr kuni Toshkentda 4 ta zamonaviy maktab foydalanishga topshirildi 

O‘zbekiston 19:28 / 09.09.2020 11667

Maktablarda axborot texnologiyalari va to‘garak xonalari, kimyo, biologiya, fizika laboratoriyalari, o‘g‘il va qiz bolalar uchun texnologiya xonalari, kutubxona bor. Bundan tashqari, bu yerda elektron kutubxona, tibbiyot hamda tish shifokori xonasi, faollar zali, oshxona, sport zallari ham mavjud.

“Zamonaviy maktab” dasturiga asosan bu muassasalar fasad qismidan tortib, ichki, kommunal va issiqlik tizimlarigacha ta'mirlangan. 14 sentyabrdan bu maktablarda o‘quv jarayonlari boshlanadi.

Ko‘proq yangiliklar: