Xitoy “Tolibon”ni elektr energiya va infratuzilma bilan ta'minlashga tayyorligini bildirdi 

Jahon 23:47 / 08.09.2020 13132

Xitoy hukumati “Tolibon” harakati rahbariyatiga ularni transport infratuzilmasi bilan ta'minlash va boshqa zaruriy iqtisodiy yordam berishni taklif qildi. Biroq buning uchun toliblar AQSh qo‘shinlari Afg‘onistondan olib chiqilgach barqarorlikni ta'minlashda yordam berishi lozim. Bu haqda Belujiston viloyatidagi bir necha qabila boshliqlari bilan suhbatga tayanib Financial Times britan nashri xabar berdi. 

“Xitoy rasmiy vakillari “Tolibon”ga yo‘llar qurilishiga sarmoya ajratishni taklif qilgan. Keyinroq Xitoy energetik loyihalar, jumladan elektr energiya ishlab chiqarilishi va Markaziy Osiyodan gaz transportirovkasi bilan shug‘ullanish istagini bildirgan”, deb ma'lum qilingan nashrda. Afg‘onistondagi bir qabila boshlig‘ining ma'lum qilishicha, Xitoy rejasi Afg‘onistondagi barcha asosiy shharlarda zamonaviy olti polosali yo‘llar qurilishini ko‘zda tutishi mumkin. 

Ushbu ma'lumot toliblarga ko‘plab yillar davomida qurol yetkazgan va ularni moliyaviy qo‘llab-quvvatlagan Pokistonda tasdiqlangan. Pokiston tashqi ishlar vazirligi xodimining ta'kidlashicha, Xitoy vakillari toliblar bilan faol muloqot qilmoqda. 

Ko‘proq yangiliklar: