Dunyodagi eng katta raqamli kamerada ilk fotosurat olindi

Jahon 23:52 / 08.09.2020 21004

AQSh energetika vazirligining SLAC milliy tezlashtirish laboratoriyasi 3200 megapikselli ilk sinov tasvirlarini olishga muvaffaq bo‘ldi. Suratlar Chilida quriladigan observatoriyaga o‘rnatilishi mo‘ljallangan dunyodagi eng katta raqamli kamerada olindi. 

 Tasvirlar shu darajada ulkanki, ularni butun holatda ko‘rish uchun yuqori aniqlikdagi 378 dona 4K o‘lchamdagi teleekran kerak bo‘ladi, uning aniqlik imkoniyati 25 kilometr uzoqlikdagi golf koptogini ko‘rish imkonini beradi.

 Kamera observatoriyaga o‘rnatilganidan so‘ng o‘n yil davomida osmon janubiy yarimsharining panorama suratlarini oladi. 

 Teleskopning tasvir datchiklari qurollanmagan ko‘z bilan ko‘rish mumkin bo‘lgan jismlardan 100 million marta xira jismlarni aniqlay oladi. Bunday sezgirlik bir necha ming kilometr uzoqlikdagi shamni ko‘rish imkonini beradi.

Kattaligi yo‘ltanlamas avtomobilga teng bo‘lgan kamera 2021 yil o‘rtalariga kelib yakuniy sinovlarga tayyor bo‘ladi.

Ko‘proq yangiliklar: