«Epidemiologik vaziyatdan qat'i nazar, Tokio Olimpiadasi 2021 yilda o‘tkaziladi» - XOQ vitse-prezidenti

Sport 15:50 / 07.09.2020 2108

Pandemiya tufayli kechiktirilgan Tokio Olimpiadasi, jahondagi epidemiologik vaziyat qanday bo‘lishidan qat'i nazar, 2021 yilda bo‘lib o‘tadi. Bu haqda Xalqaro olimpiya qo‘mitasi rasmiylariga tayanib, AFP xabar tarqatdi.

«Kovid bilan bo‘ladimi yoki usizmi, Olimpiada o‘tkaziladi. O‘yinlar kelasi yil 23 iyuldan start oladi», – dedi XOQ vitse-prezidenti – Tokio Olimpiadasini o‘tkazish bo‘yicha muvofiqlashtirish komissiyasi raisi Jon Kouts.

«Bu – COVID-19 ustidan g‘alaba qozonganlar olimpiadasi, tunnel so‘ngidagi yorug‘lik bo‘ladi», – deya qo‘shimcha qildi u.

Eslatib o‘tamiz, Tokio Olimpiadasi joriy yil 24 iyuldan 9 avgustgacha bo‘lib o‘tishi kerak edi. Turnir qoldirilgach, iyun oyida tashkiliy qo‘mita keyingi yil musobaqa soddalashtirilgan formatda o‘tkazilishini tasdiqladi. Bundan maqsad – xavfsizlikni ta'minlash, xarajatlarni iloji boricha qisqartirishdir.

Ko‘proq yangiliklar: