Millatlar Ligasi. Portugaliya Xorvatiyani yirik hisobda taslim etdi, Fransiya va Belgiya safarda g‘alaba qozondi

Sport 01:57 / 06.09.2020 9570

Millatlar Ligasida 1-tur o‘yinlari yakuniga yetdi. Turning so‘nggi o‘yinlari A ligasida bo‘lib o‘tdi.

2-guruhning 2-o‘yinida Belgiya safarda Daniya ustidan g‘alaba qozondi. Eslatib o‘tamiz, guruhning ilk o‘yinida Angliya so‘nggi daqiqalarda urilgan gol evaziga Islandiyadan ustun kelgandi.

3-guruhda esa amaldagi jahon va Yevropa chempionlari favorit ekanliklarini isbotlashdi. Ronaldusiz Portugaliya o‘z maydonida Xorvatiyani osonlik bilan yengdi, Fransiya Mbappening yagona goli evaziga Shvetsiyani mag‘lub etdi.

Millatlar Ligasi, 1-tur, 5 sentabr

A liga, 2-guruh

Daniya – Belgiya 0:2

Gollar: Denayyer (9), Mertens (77).

Daniya – Shmeyxel, Vass (Yorgensen, 83), Kristensen, Ker, Skov, Dileyni, Eriksen, Hyoyberg, Poulsen, Dolberg (Kornelius, 83), Breytueyt (Mehle, 72).

Belgiya – Minole, Denayyer, Vertongen, Alderveyreld, Kastan, Karrasko (Prat, 57), Vitsel, Tilemans (Doku, 87), Azar, Mertens (Trossard, 80), Lukaku.

Ogohlantirishlar: Xyoyberg (3), Tilemans (20), Skov (26).

A liga, 3-guruh

Portugaliya – Xorvatiya 4:1

Gollar: Kanselu (41), Jota (58), Felish (70), Andre Silva (90+4) – Petkovich (90+1).

Portugaliya – Lopesh, Pepe, Diash, Kanselu, Bernardu Silva (Trinkan, 78), Fernandesh, Jota, Danilu, Felish (Andre Silva, 88), Moutinyu (Oliveyra, 82), Gerreyru.

Xorvatiya – Livakovich, Yedvay, Vida, Lovren, Barishich, Brekalo (Perishich, 61), Kovachich, Vlashich, Pashalich (Brozovich, 61), Kramarich (Petkovich, 74), Rebich.

Ogohlantirishlar: Yedvay (60), Barishich (71).

Shvetsiya – Fransiya 0:1

Gol: Mbappe (41).

Amalga oshirilmagan penalti: Grizmann (90+5).

Shvetsiya – Olsen, Lindelyof, Yansson, Lyustig, Bengsson (Sema, 88), Larsson (Kulusevski, 70), Olsson, Ekdal, Forsberg, Kvayson (Gvidetti, 77), Berg.

Fransiya – Loris, Din, Kimpembe, Varan, Dyubua (Ferlan Mendi, 88), Rabo, Kante, Upamekano, Jiru (N'Zonzi, 90+2), Mbappe (Marsyal, 77), Grizmann.

Ogohlantirish: Upamekano (3).

Ko‘proq yangiliklar: