“Formula-1”ning Renault jamoasi o‘z nomini o‘zgartiradi

Sport 20:08 / 06.09.2020 1831

“Formula-1” poygalarida ishtirok etuvchi Renault jamoasi keyingi mavsumdan nomini o‘zgartirib, Alpine deb nomlanadi. Bu haqda Renault Group saytida ma'lum qilingan.

Bundan tashqari, jamoa ranglari ham o‘zgaradi. Jamoaning hozirgi qora-sariq ranglari o‘rnini oq va qizil elementlarga ega ko‘k rang egallaydi. Bu Fransiya bayrog‘iga ishora bo‘ladi.

“Alpine kuchli va yorqin brend. Fransuz mukammalligi ramzi hisoblangan Alpine’ni dunyodagi eng nufuzli avtomobil poygalarida taqdim qilib, “Formula-1”dagi kurashni davom ettiramiz. Alpine “Formula-1”ga o‘z qadriyatlari – bashanglik, ixtirochilik va jasurlikni qo‘shadi”, deb aytgan Renault Group bosh direktori Luka De Meo.

Keyingi mavsumda jamoaning poygachilari fransuz Esteban Okon va “Formula-1”ning ikki karra chempioni Fernando Alonso bo‘ladi.

Alpine 1978 yildan beri Renault Group fransuz kompaniyasi bo‘limi hisoblanib, poyga va sport avtomobillari ishlab chiqaradi.

Ko‘proq yangiliklar: