Crafers AQSh bozoriga yangicha yondashuv bilan kirib bormoqda

Jamiyat 12:30 / 05.09.2020 17762

O‘zbekistonning Crafers korxonasi AQSh qandolat bozoriga kirib bormoqda.

Ma'lum qilinishicha, kompaniya o‘zining logistika hamkori sifatida Nyu-Yorkning A-Com Global Logistics of NY kompaniyasini (AQSh va O‘zbekiston o‘rtasida ikki tomonlama savdo-sotiq jarayonida ishtirok etadigan logistika va ekspeditorlik xizmatlarining yetakchi provayderi) va Shimoliy Amerikaning eksklyuziv eksportchisi sifatida Eats and Treats International kompaniyasini tanlagan.

To‘liq yo‘nalish AQShga 2020 yil sentabr oyining ikkinchi yarmida yetib borishi rejalashtirilgan.

Crafers'ni AQSh bozoriga kirishda bank xizmatlari, loyiha va savdoni moliyalashtirish bilan shug‘ullanadigan Broad Street Capital Group firmasi yordam beradi. U Crafers kompaniyasining bozorga kirish strategiyasini ishlab chiqadi va amalga oshiradi hamda AQShda o‘zining tashkiliy va tarqatish infratuzilmasini yaratishda yordam beradi.

Nyu-Yorkning Lipman Law PLLC yuridik firmasi va Toshkentda joylashgan Kosta Legal yuridik kompaniyasi strategik huquqiy maslahatlar va xizmatlarni taqdim etadi.

Ta'kidlanishicha, Crafers menejyerlari yetakchi logistika va yuridik firmalar bilan hamkorlik qilish Amerika bozoriga kirish uchun malakali strategiya va taktikani shakllantirishda yordam beradi, deb hisoblamoqda.

Kompaniya o‘z mahsulotlarini AQShning barcha – 50ta shtatida sotishni rejalashtirmoqda. Sotish dastlab chakana bozorlarga yo‘naltiriladi.

Shuningdek, kompaniya WorldQuest (yoshlar uchun ta'lim dasturi) o‘quv dasturini qo‘llab-quvvatlash uchun Amerikaning tashqi ishlar bo‘yicha Kengashi bilan aloqalar o‘rnatgan.

Shu munosabat bilan, Crafers 2021 yilning birinchi choragida o‘zining onlayn/oflayn ta'lim dasturini joriy etishni rejalashtirmoqda. U katta va yosh avlodlar o‘rtasidagi munosabatlarni chuqurlashtirish va mustahkamlash hamda rasmiy ta'lim muhitidan tashqarida ta'lim qobiliyatlarini rivojlantirish uchun mo‘ljallangan.

Reklama huquqi asosida

Ko‘proq yangiliklar: