«Bosh vazir kubogi-2020» futbol musobaqalari boshlanmoqda, unda 150dan ortiq tashkilotlar ishtirok etadi

Sport 15:00 / 05.09.2020 7490

Prezident raisligida 2019 yil 4 sentyabrda o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishida vazirliklar, idoralar va xo‘jalik birlashmalari hamda hududlardagi yirik korxona va tashkilotlarning markaziy apparati xodimlari o‘rtasida turli ommaviy madaniy va sport tadbirlari, jumladan «Bosh vazir kubogi» musobaqasini o‘tkazish vazifasi yuklatilgandi.

Mazkur topshiriq ijrosini ta'minlash maqsadida Jismoniy tarbiya va sport vazirligi tashabbusi bilan joriy yilning 4-12 oktabr kunlari vazirliklar, idoralar, xo‘jalik birlashmalari, yirik korxona va tashkilotlarning xodimlari o‘rtasida futbol musobaqalari tashkil etilmoqda.

Shu maqsadda «Bosh vazir kubogi» musobaqalarida qatnashish uchun mamlakatda faoliyat olib borayotgan 150dan ortiq vazirlik, idora, xo‘jalik birlashmalari, yirik korxona va tashkilotlarga taklifnomalar yuborildi. Musobaqada ishtirok etish uchun talabnoma taqdim etishning so‘nggi muddati etib 10 sentabr belgilangan.

O‘tgan yili ilk marotaba tashkil etilgan musobaqalarda 64ta jamoa ishtirok etgandi. Bir haftadan oshiqroq davom etgan qizg‘in va murosasiz bahslarda bosh sovrinni O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi jamoasi qo‘lga kiritgan edi.

Jismoniy tarbiya va sport vazirligi Matbuot xizmati​

Ko‘proq yangiliklar: