Farg‘onada haydovchilik guvohnomasi bo‘lmagan yigit ekskavatorda piyodani urib ketdi

Jamiyat 15:14 / 03.09.2020 10954

Joriy yilning 3 sentabr kuni soat 11:05larda, Farg‘ona viloyati Qo‘shtepa tumani hududidan o‘tgan 4R-127 “Marg‘ilon-Soybo‘yi-Mingbuloq” avtomobil yo‘lining 10-kilometrida yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘ldi.

O‘zbekiston Respublikasi IIV YHXBB axborot xizmati xabariga ko‘ra, haydovchi, 2001 yilda tug‘ilgan, haydovchilik guvohnomasi bo‘lmagan A.J. HYUNDAI rusumli ekskavatorni boshqarayotib, yo‘lning chap tomonidan o‘ng tomoniga kesib o‘tayotgan piyoda, 1952 yilda tug‘ilgan X.S.ni urib yuborgan.

Natijada, piyoda, 68 yoshli X.S. og‘ir tan jarohatlari olib voqea joyida vafot etgan.

Mazkur YTH yuzasidan Qo‘shtepa tumani IIB huzuridagi TB tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining 266-moddasi 2-qismi (odam o‘limiga olib kelgan transport vositalari harakati yoki ulardan foydalanish xavfsizligi qoidalarini buzish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.

“Barcha fuqarolardan haydovchilik guvohnomasini olmay turib, transport vositasini boshqarmasliklarini, o‘zi va o‘zgalar hayotini xavf ostiga qo‘ymasliklarini, piyodalardan esa qoidalarga amal qilishlarini so‘rab qolamiz”, - deyiladi xabarda.

Ko‘proq yangiliklar: