2019 yil kuzida taqdim etilgan smartfon ancha farq bilan yetakchilik qilmoqda.
Talabgirlik bo‘yicha 2-o‘rinni Samsung Galaxy A51 egallagan. Ushbu qurilmadan joriy yilning birinchi yarmida 11,4 mln dona sotilgan. Yetakchi uchlikdan Xiaomi Redmi Note 8 smartfoni ham joy olgan. Ushbu gadjetdan 11 mln dona sotilgan.
2019 yilning birinchi yarmiga ko‘ra ham eng talabgir smartfon Apple qurilmasi bo‘lgan edi. O‘shanda “o‘ninchi ayfon” - iPhone XR’dan 26,9 mln dona sotilgan. Keyingi o‘rinlarni Samsung Galaxy A10 va A50 egallagan.