Ronaldu «Yuventus» muxlislariga murojaat qildi

Sport 08:12 / 28.08.2020 13607

Turinning «Yuventus» klubi futbolchisi Krishtianu Ronaldu instagramdagi sahifasida jamoa muxlislariga murojaat qildi va yangi mavsumga tayyorgarlik haqida ta'sirli so‘zlarni yozdi.

«Byankoneri» bilan yangi, uchinchi mavsumga tayyorlanar ekanman kayfiyatim, ishtiyoqim har doimgidan baland ekanini his qilmoqdaman. «Yuventus»dagilar va jamoadoshlarim bilan Italiyani, Yevropa va dunyoni zabt etish yo‘lida ishlashda davom etamiz.

Rekordlarni yangilash, sovrinlarni yutish, har doimgidan yaxshiroq bo‘lishga intilishda, oldimda muammolar chiqsa ham, barchasiga ulgurishga harakat qilishda davom etaman.

Har yangi yil muxlislarni xursand qilish va yangi sarguzashtlar uchun imkon degani. «Yuventus» tarixining bir qismi bo‘lish, unda o‘z nomimni yozishda davom etaman. Biz – «Yuventus»miz! Biz – chempionlarmiz! Biz kuchliroq bo‘lib qaytdik. O‘z kuchimizga ishonamiz. Biz birgamiz, oxirigacha», deb yozdi Ronaldu instagramdagi sahifasida.

Ko‘proq yangiliklar: