Ekvadorlik juftlik dunyodagi eng keksa juftlik deb topildi

Light 22:16 / 28.08.2020 14060

Ularni 1934 yilda Xulioning amakivachchasi tanishtirib qo‘ygan. U Valdraminaning singlisiga uylangan bo‘lgan. Juftlik Kitoda 1941 yilda nikoh rishtalari bilan bog‘lanmaguncha uchrashib yurgan. Juftlikning nikoh to‘yi yashirincha o‘tgan, chunki ularning ota-onalari va oilalari bunga qat'iyan qarshi bo‘lishgan.

“Vaqt o‘tib biz ularni birlashtirdik va o‘sib kelayotgan avlodga o‘rnak bo‘ldik”, deb aytgan juftlik.

Er-xotin 5 farzand ko‘rgan. Hozirda ularning 11 nabirasi, 21 abirasi va 9 chevarasi bor. Juftlik 79 yildan beri birgalikda umrguzaronlik qilib keladi.

Qariyalarning ta'kidlashicha, har bir juftlikdagi kabi ularda ham ba'zida kelishmovchiliklar bo‘lib turgan, biroq ular buni farzandlariga aslo bildirishmagan.

“Muhabbat, o‘zaro hurmat, halol mehnat va oilaviy qadriyatlarga asoslangan oilaviy birdamlik birgalikda sog‘lom yashashimiz siri hisoblanadi. Biz o‘zaro hurmat va e'tibor bilan munosabatlarimizni qo‘llab-quvvatlaganmiz . Ular juda muhim bo‘lgan”, deb ta'kidlab o‘tgan juftlik.

Ma'lum qilinishicha, juftlik turli o‘simliklar o‘stirishni va bo‘sh vaqtlarda birga bo‘lishni, kino va teatrga borishni xush ko‘radi.

Ko‘proq yangiliklar: