Ayrim toifa bolalarga bir martalik moddiy yordam puli pensiya va nafaqalarga qo‘shib beriladi

Jamiyat 02:38 / 28.08.2020 15907

Boquvchisini yo‘qotganlik pensiyasi yoki nafaqasini oluvchi hamda nogironligi bo‘lgan bolalar sentabr oyida pensiya va nafaqaga qo‘shib, 500 ming so‘m miqdorida bir martalik moddiy yordam ham oladi.

Bu haqda aholining ehtiyojmand qatlamlari bolalariga pul tarqatishga oid prezident qarori yuzasidan o‘tkazilgan matbuot anjumanida ma'lum qilindi.

«Bir martalik beriladigan moddiy yordam puli mazkur shaxslar Pensiya jamg‘armasi tomonidan pensiya va nafaqa oluvchi sifatida qayd etilgani bois, sentabr oyida ularning pensiya yoki nafaqalariga qo‘shib beriladi.

Plastik karta orqali oluvchilarga, bilamizki, pul oyning boshida kelib tushadi. Naqd pulda oluvchilar Xalq banki tomonidan pensiya, nafaqalarni olish grafiklariga asosan manzillariga tarqatib berilishi ko‘zda tutilgan», – dedi Pensiya jamg‘armasi direktori o‘rinbosari Shuhrat Davronov.

Eslatib o‘tamiz, sentabr oyida yuqoridagi ikki toifadan tashqari, «temir daftar»ga kirgan oilalarning 16 yoshgacha bo‘lgan bolalariga ham 500 ming so‘mdan beriladi.

Ko‘proq yangiliklar: