Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Andijonda yangi oliy ta'lim muassasasi tashkil etildi
Andijon viloyati hokimligiga institut faoliyatini samarali tashkil etish maqsadida jalb etiladigan malakali professor-o‘qituvchilarni xizmat uylari bilan ta'minlash vazifasi yuklatildi.
Vazirlar Mahkamasining 2020 yil 26 avgustdagi 516-son qarori bilan Andijon iqtisodiyot va qurilish instituti tashkil etildi.
Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Ta'lim sifatini nazorat qilish Davlat inspeksiyasi xabariga ko‘ra, mazkur oliy ta'lim muassasasining asosiy vazifalari va faoliyat yo‘nalishlari etib quyidagilar belgilandi:
hududning rivojlanish istiqbollari va ustuvor vazifalarini hisobga olgan xolda iqtisodiyot va qurilish sohasi bo‘yicha amaliy ko‘nikmalarga ega bo‘lgan, raqobatbardosh oliy ma'lumotli mutaxassislar va ilmiy-pedagogik kadrlarni tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish;
xorijiy yetakchi va nufuzli oliy ta'lim muassasalarining ilg‘or tajribasini tatbiq etish asosida malaka talablari, o‘quv rejalari va fan dasturlarini ishlab chiqish, o‘quv va ilmiy-uslubiy ta'minotni takomillashtirish va amaliyotga joriy etish;
o‘quv jarayonida nazariy tayyorgarlikning amaliyot bilan uzviy bog‘liqligini ta'minlash maqsadida iqtisodiyot va qurilish sohasidagi tashkilotlar bilan birgalikda talabalar amaliyotini tegishli soha tashkilotlarida tashkil etish, bitiruvchilarni ish bilan ta'minlash bo‘yicha maqsadli hamkorlikni yo‘lga qo‘yish;
amaliy ilmiy-tadqiqot ishlarini ro‘yobga chiqarish uchun zamonaviy o‘quv va ilmiy-laboratoriya bazasini shakllantirish, uni zamonaviy texnologiyalar asosida jihozlash xamda o‘quv va ilmiy loyihalarni amalga oshirish;
iqtisodiyot va qurilish sohasini rivojlantirishning ilmiy-metodik vazifalarini hal etish, xorijiy ilg‘or pedagogik texnologiyalarni joriy qilishga yo‘naltirilgan ilmiy tadqiqotlar olib borish va iqtidorli talaba- yoshlarning ilmiy faoliyat bilan shug‘ullanishini ta'minlash;
yoshlarni milliy, vatanparvarlik va fidoyilik g‘oyalariga sadoqat ruhida, ma'naviy boy, xar tomonlama kamol topgan, mustaqil dunyoqarash va fikrlash xususiyatlariga ega bo‘lgan shaxs etib tarbiyalash;
xorijiy yetakchi oliy ta'lim muassasalarining malakali mutaxassislarini keng jalb etish orqali respublika uchun istiqbolli bo‘lgan yangi bakalavriat ta'lim yo‘nalishlari va magistratura mutaxassisliklari bo‘yicha qo‘shma ta'lim dasturlarini yo‘lga qo‘yish hamda xalqaro loyihalarni amalga oshirish.
Belgilanishicha:
Institut O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta'lim vazirligi tizimida faoliyat yuritadi;
Institutda ta'lim faoliyati 2020/2021 o‘quv yilidan boshlanadi;
2020/2021 o‘quv yili uchun Institutga kunduzgi ta'lim shakli bo‘yicha qabul ko‘rsatkichlari O‘zbekiston Respublikasi ta'lim muassasalariga o‘qishga qabul qilish bo‘yicha davlat komissiyasi qaroriga muvofiq tasdiqlanadi;
2021/2022 o‘quv yilidan boshlab Institutga qabul parametrlari belgilangan tartibda har yili tasdiqlanadigan respublika oliy ta'lim muassasalariga o‘qishga qabul qilishning davlat buyurtmasi parametrlaridan kelib chiqqan holda belgilanadi.
Andijon viloyati hokimligiga Institut faoliyatini samarali tashkil etish maqsadida jalb etiladigan malakali professor-o‘qituvchilarni xizmat uylari bilan ta'minlash vazifasi yuklatildi.
Andijon viloyati, Andijon shahri, Navoiy shohko‘chasi, 15a -uyda joylashgan O‘zbekiston Milliy universiteti huzuridagi texnikum (sobiq Andijon maishiy xizmat kasb-hunar kolleji) bino va inshootlari (mavjud jihoz va mebellari bilan) tegishli hududi bilan birgalikda Institutga operativ boshqaruv huquqi asosida berilmoqda.
Tavsiya etamiz
20 iyuldan boshlab 1-2 kunga xorijga chiqqanlar O‘zbekistonga bojsiz tovar olib kirolmaydi
Iqtisodiyot | 19:31 / 15.07.2025
Bolalarni itdek vovullatgan «defektolog»ga yangi jinoiy ish ochildi
Jamiyat | 18:06 / 15.07.2025
Etihad Airways O‘zbekistonga parvozlarni yo‘lga qo‘yadi
O‘zbekiston | 15:18 / 15.07.2025
Bank kartalardan 1 mlrd so‘mga yaqin pullarni o‘zlashtirgan jinoiy guruh qo‘lga olindi
Jamiyat | 21:42 / 14.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
«Barselona» dunyoning eng qashshoq davlatidan 44 million yevro oladi
Sport | 23:49 / 16.07.2025
-
AQSh xavotirda: BRICS G‘arb gegemoniyasini yiqitadimi?
Jahon | 23:14 / 16.07.2025
-
Ko‘kdaladagi portlash, Qoraqalpog‘istonda anomal harorat va Mirobodda ushlangan podpolkovnik – mahalliy dayjest
O‘zbekiston | 23:06 / 16.07.2025
-
Germaniyani jahon chempioni qilgan murabbiy O‘zbekiston bilan ishlashi mumkin
Sport | 22:44 / 16.07.2025
Mavzuga oid

22:19 / 14.07.2025
Andijonda hokim o‘rinbosari, statistika bo‘limi boshlig‘i va sobiq mansabdorlar pora bilan ushlandi

22:27 / 10.07.2025
Buloqboshida yana toshqin xavfi: aholi Janubiy Farg‘ona kanalida suv sathi ko‘tarilganidan xavotirda

12:15 / 10.07.2025
Andijonda chiqindidan elektr ishlab chiqaruvchi zavod qurilishi boshlandi

20:51 / 07.07.2025