Navalniy «zaharlanish»dan omon qoldi - huquq faoli

Jahon 12:55 / 24.08.2020 24152

«Navalnyy zaharlanishdan omon qoldi, ammo bir necha oy davomida siyosatchi sifatida faoliyat ko‘rsata olmaydi», degan Bizel.

«Agar u tuzalib ketsa ham, biz uni bir-ikki oy davomida siyosiy sahnada ko‘rmaymiz», deya Bizelning so‘zlarini keltirmoqda Bild.

U Rossiyadan Germaniyaga parvoz Navalniyning holatiga salbiy ta'sir ko‘rsatmaganini aytib o‘tgan. Omskdagi shifoxonadagilar bir kun davomida transportirovka uning hayoti uchun xavfli ekanini aytib, uni yuborishga rozi bo‘lishmagandi. U shanba kuni tongda Berlindagi Sharite shifoxonasiga yotqizilgandi.

Germaniya hukumatidagilar Navalniy «katta ehtimol bilan» zaharlangan degan fikrda. Bu haqda matbuot anjumanida mamlakat hukumatining rasmiy vakili Shteffen Zaybert ma'lum qilgan.

Zaybert Germaniya hukumati rasmiy darajada Navalniyni taklif qilmagan bo‘lsada, uning olib kelinishida yordam ko‘rsatgan.

Navalniy 20 avgust kuni Tomskdan Moskvaga qaytayotgan samolyotda o‘zini yomon his qila boshlagach, samolyot Omskka qo‘nishga majbur bo‘lgan va siyosatchi zaharlanish alomatlari bilan shifoxonaga yotqizilgandi. U Tomskda mintaqaviy saylovlar oldidan o‘z tarafdorlari bilan uchrashgan. Uning atrofidagilarning fikricha, Kremlning ashaddiy tanqidchisi aeroport hududida choy ichgan vaqtda zaharlangan bo‘lishi mumkin.

  • Aleksey Navalnyy 20 avgustdan buyon komada qolmoqda, o‘shanda Tomskdan Minskka uchgan samolyot bortida uning tobi qochgandi. Tarafdorlari u zaharlangan bo‘lishi mumkinligini aytishdi.
  • Navalniy qariyb ikki kun davomida Omskdagi klinikada yotdi. Avvaliga rossiyalik shifokorlar uning holati barqaror emasligini aytib, Berlinga yuborishga rozi bo‘lishmadi. Faqat 22 avgust kuni tongda u Berlanga transportirka qilindi. Navalniyning tarafdorlari rus shifokorlari bu orqali siyosatchining organizmidan zahar chiqib ketishini ta'minlash maqsadida bo‘lishganini aytishdi.
  • Hozirgacha Navalniyga qanday tashxis qo‘yilgani ma'lum emas. Omskdagi shifokorlar bu haqda qarindoshlariga ma'lumot berilganini aytishgandi, ammo yaqinlari buni rad etishdi. Omsklik shifokorlar Navalniyning organizmidan zahar topilmaganini aytishgan. Ular siyosatchining qonida shakar miqdori kamayib ketgani va moddalar almashinuvi buzilishini asosiy tashxis sifatida keltirishdi.
Ko‘proq yangiliklar: