Jahon | 20:26 / 23.08.2020
5973
1 daqiqa o‘qiladi

Antarktidada birinchi kinoteatr faoliyat yurita boshladi

Argentinaning Antarktidagi bazalaridan birida qit'adagi birinchi kinoteatr ochildi.

Foto: Facebook / Cancillería Argentina

Xalqaro tog‘ kinofestivali Ushuaia SHH doirasida bazadagi xodimlarga Antarktida haqida film namoyish qilingan

“Antarktidagi yagona kinoteatr Karlini bazasida yana o‘z eshiklarini ochdi”, deb ma'lum qilgan Argentina madaniyat vazirligi.  

Baza hududida avval ham kinoteatr mavjud bo‘lgan, biroq u 2018 yilda demontaj qilingan.

Baza rasman Argentina hududi hisoblangani sababli, ushbu kinoteatr ayni vaqtda nafaqat Antarktidada, balki Argentinada ishlayotgan yagona kinoteatr hisoblanadi, chunki mamlakatda koronavirus pandemiyasi sababli ko‘ngilochar maskanlar faoliyati vaqtincha taqiqlangan. 

Mavzuga oid