Bugungi kunda ko‘plab paxta to‘qimachilik klasterlari Jin va Linter uskunalari uchun kerakli disk arralarni xorij davlatlaridan olib kelamiz, deb ta'kidlashadi. Biroq o‘zimizning yurtimizda ham yuqori texnologiyalar asosida ishlab chiqariladigan diskli arralar bemalol chet elda ishlab chiqariladigan arralar bilan bahslasha oladi.
O‘zbekistonda endilikda tola ishlab chiqarish jarayonida zarur bo‘lgan jin va linter dastgoh arralarini topish yanada osonlashdi. Toshkent viloyatida bundan bir necha yil avval o‘z ishini boshlagan “Sotton gin” MChJ Xitoyning texnologik uskunalaridan foydalangan holda bugungi kunda sifatli jin va linter uskunalari arralarini ishlab chiqarmoqda.
“Sotton gin” korxonasi 2017 yilning mart oyida Prezidentimizning Toshkent viloyatiga uyushtirgan tashrifi davomida bergan topshirig‘iga asosan, viloyatda mahalliylashtirish dasturlari asosida yangi ish o‘rinlarini tashkil etish bo‘yicha ishga tushirildi. Korxonani to‘liq quvvat bilan ishlatish natijasida 20dan ortiq yangi ish o‘rinlari yaratilgan. Ayni damda kompaniya ish hajmini oshirish orqali yanada ko‘plab mutaxassislarni ish bilan ta'minlashni maqsad qilgan.
Yurtimizda faoliyat olib borayotgan paxta tozalash korxonalari endilikda ishlab chiqarish jarayonida ko‘p miqdorda talab etiladigan Jin va Linter uskunalari uchun diskli arralarni “Sotton gin” korxonasidan topishlari mumkin. Ishlab chiqariladigan arralar to‘liq jahon standartlari bo‘yicha Xitoy Xalq Respublikasida keltirilgan texnologiyalar asosida tayyorlanadi. Diskli arralarni texnik ko‘rsatkichlari ya'ni metallning qalinligi – 0.95 mm., disklarning qattiqligi Rokvell ko‘rsatkichi bo‘yicha HRC 40-41 ni tashkil etadi.
Korxonaning kunlik ishlab chiqarish quvvati 5 mingtagacha bo‘lib, yiliga 1 mln 200 ming donagacha ichki diametri 100d, 75d, 61.8d va boshqa rusumdagi diskli arralarni ishlab chiqarish quvvatiga ega. Odatda paxta tozalash korxonalarida Jin uskunasida foydalaniladigan diskli arralar har 72 soatda almashtirilib, uning tishi qaytadan ochiladi. “Sotton gin” korxonasida ishlab chiqarilgan arralar esa bir marta o‘rnatilgandan so‘ng kamida bir yoki bir yarim oy davomida ishlash quvvatiga ega. Linter uskunasi uchun ishlab chiqarilgan arralarning ko‘rsatkichlari ham xuddi shunday.
Ishlab chiqarilayotgan barcha mahsulotlar sifat nazorati va sinov shartlaridan o‘tkaziladi va so‘ngra foydalanishga topshiriladi. Hozirgi kunda biz bilan hamkorlik qilib kelayotgan kompaniyalar mahsulot sifatidan mamnun bo‘lgan holda uzoq muddatli shartnomalar tuzishga harakat qilmoqda. Bu esa o‘z o‘zidan korxonaga qo‘shimcha daromad keltiradi. Shu bilan birga, mahsulotlarni eksport qilish maqsadida bugungi kunda Qozog‘iston, Tojikiston, Turkmaniston, Qirg‘iziston hamda Ozarboyjon davlatlari bilan muzokaralar olib borilmoqda. Yaqin kunlarda ushbu davlatlar bilan hamkorlik yo‘lga qo‘yilishi bilan korxona ishlab chiqarish quvvatini oshirish ko‘zda tutilgan.
“Sotton gin” korxonasi paxta to‘qimachilik klasterlarini har tomonlama manfaatli hamkorlikka chorlab qoladi. Biz bilan hamkorlik qilish - birinchidan, chet eldan olib kelinadigan mahsulot uchun ortiqcha valuta sarf-xarajatlarining oldini oladi; ikkinchidan, sifatli disk arralarini yanada tezroq va osonroq xarid qilish imkonini beradi. Eng muhimi esa, o‘zaro hamkorlik O‘zbekistondagi yana bir mahalliy korxonaning rivojlanishiga katta hissa qo‘shadi.
Bizning manzil: Toshkent viloyati, O‘rta Chirchiq tumani Qumovul MFY
Murojaat uchun telefon: +99894-936-88-88
Reklama huquqi asosida