Favqulodda vaziyatlar vazirligining "Qamchiq" maxsus qidiruv, yong‘in-qutqaruv boshqarmasi xodimlari yuk mashinasi va harakatdagi yuk poyezdi ishtirokidagi avariya oqibatlarini bartaraf etishdi.
Favqulodda vaziyatlar vazirligi xabariga ko‘ra, avtohalokat Toshkent - O‘sh xalqaro avtomobil yo‘lining 185-kilometrida sodir bo‘lgan.
Yuk avtomobili harakat vaqtida boshqaruvni yo‘qotib yuk poyezdi bilan to‘qnashuv sodir etgan.
Hodisa oqibatida qurbonlar va jabrlanganlar yo‘q.