Rostovdan 918 nafar fuqaro O‘zbekistonga qaytarildi

O‘zbekiston 17:21 / 13.08.2020 6967

Respublika maxsus komissiyasi tomonidan Rossiyaning Shimoliy Kavkaz va Janubiy federal okruglaridagi hamyurtlarimizni olib kelish uchun “Toshkent – Rostov-Don – Toshkent” yo‘nalishi bo‘yicha temir yo‘l reysni tashkillashtirish to‘g‘risida qaror qabul qilingan edi.  

O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligi axborot xizmati xabariga ko‘ra, joriy yilning 10 avgust kuni Gnilovskaya – Toshkent yo‘nalishida harakatlanishni boshlagan poyezd bugun 918 nafar fuqaroni O‘zbekistonga olib keldi.   

Olib kelingan fuqarolar Respublika maxsus komissiyasi tomonidan belgilangan talablarga qat'iy rioya qilgan holda karantinda bo‘lishlarini ta'minlash maqsadida avtobuslarda Toshkent viloyatining maxsus karantin zonalariga yetkazildi, deyiladi ma'lumotda.

Avvalroq, O‘zbekiston fuqarolari Rostov viloyatidan poyezd orqali qaytarilayotgani xabar berilgandi.

Ko‘proq yangiliklar: