Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Kimyo va biologiya fanlarini chuqurlashtirib o‘qitishga ixtisoslashtirilgan 150ta maktab tashkil etiladi
Respublika tuman (shahar)larida bosqichma-bosqich kimyo va biologiya fanlarini chuqurlashtirib o‘qitishga ixtisoslashtirilgan 150 ta maktablar tashkil etilishi belgilangan.

Foto: Dreamstime
Prezident “Kimyo va biologiya yo‘nalishlarida uzluksiz ta'lim sifatini va ilm-fan natijadorligini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarorni imzoladi.
Xalq ta'limi vazirligi xabariga ko‘ra, respublikaning har bir hududida bosqichma-bosqich kimyo va biologiya fanlariga ixtisoslashtirilgan 14 ta tayanch ixtisoslashtirilgan maktablarni tashkil etish, bunda Abu Ali ibn Sino nomidagi yosh biologlar va kimyogarlar ixtisoslashtirilgan maktab-internatini ushbu maktablar maqomiga moslashtirish hamda respublika tuman (shahar)larida bosqichma-bosqich kimyo va biologiya fanlarini chuqurlashtirib o‘qitishga ixtisoslashtirilgan 150 ta maktablar tashkil etilishi belgilangan.
Tayanch ixtisoslashtirilgan maktablar va ixtisoslashtirilgan maktablarda kimyo va biologiya fanlarini samarali o‘qitishni muvofiqlashtirish uchun ularga oliy ta'lim muassasalarining 55 ta kafedralari biriktiriladi.
Tashkil etiladigan tayanch ixtisoslashtirilgan maktablar va ixtisoslashtirilgan maktablarga oliy ta'lim muassasalarining kafedralari, ilmiy-tadqiqot muassasalari va ishlab chiqarish tarmoqlari biriktiriladi. Biriktirilgan tashkilotlar maktablarni oliy va professional ta'lim, ilmiy-tadqiqot muassasalarini darsliklar, laboratoriya jihozlari va uskunalar bilan ta'minlash, o‘qituvchilar malakasini oshirish va stajirovka o‘tashini tashkil etish, ularning mehnatini rag‘batlantirish, xorijiy mutaxassislarni jalb etish, o‘quvchilarni xalqaro nufuzli olimpiadalarda qatnashish va boshqa xarajatlarini qoplashda yaqindan ko‘maklashadi.
O‘tkazilgan baholash natijalaridan kelib chiqib, ixtisoslashtirilgan maktablarga qabul qilingan kimyo va biologiya fanlari o‘qituvchilari hamda rahbar kadrlari (direktor va ixtisoslashgan fan bo‘yicha direktor o‘rinbosari)ning bazaviy tarif stavkasiga nisbatan amalda belgilangan ustama haqi miqdori 2021 yil 1 yanvardan boshlab 50 foizgacha oshiriladi.
Oliy va o‘rta maxsus ta'lim hamda Xalq ta'limi vazirliklari 2020 yil 1 dekabrga qadar kimyo va biologiya fanlari o‘qituvchilarini tayyorlash dasturlarini xorijiy universitetlar tajribasi asosida tahlil qilib, takomillashtiradi.
Davlat test markazi 2021 yil 1 fevralga qadar kimyo va biologiya fanlaridan bilimlarni baholash bo‘yicha milliy sertifikatlash tizimini joriy qiladi.
Milliy sertifikatga ega o‘quvchilar davlat oliy ta'lim muassasasiga o‘qishga kirishda kimyo yoki biologiya fanidan test sinovi topshirishdan ozod etiladi hamda ularga tegishliligiga ko‘ra kimyo yoki biologiya fani uchun belgilangan maksimal ball beriladi.
Innovatsion rivojlanish vazirligi 2021 yildan boshlab ilg‘or xorijiy tajriba asosida ta'lim muassasalari uchun o‘quv va ilmiy adabiyotlarni yaratish bo‘yicha milliy tanlov tashkil qiladi.
Tanlov g‘oliblari Innovatsion rivojlanish va novatorlik g‘oyalarini qo‘llab-quvvatlash fondi hisobidan 100 mln so‘mdan bir martalik mukofot pullari bilan taqdirlanadilar.
Tavsiya etamiz
Urush taqdiri Alyaskada hal bo‘ladi – hafta dayjesti
Jahon | 17:31 / 10.08.2025
Koreya: Gapirilmaydigan haqiqatlar (2-qism) | SUBYEKTIV
Jamiyat | 18:07 / 09.08.2025
Lazizbek Mullajonov birinchisi emas. Doping sabab diskvalifikatsiya qilingan mashhur o‘zbek sportchilari
Sport | 20:54 / 08.08.2025
«Oltin to‘p»ga da’vogarlar ro‘yxati e’lon qilindi
Sport | 16:40 / 08.08.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Ko‘rgan zararimizni kim qoplaydi? – Uch qahramondagi talafotdan reportaj
Jamiyat | 15:01
-
Avstraliya ham Falastinni tan olmoqchi
Jahon | 14:24
-
O‘zbekiston qurg‘oqchilikni bartaraf qilish uchun Qozog‘istonga suv yuboradi
Iqtisodiyot | 13:59
-
Turkiyada zilzila, Tel-Avivda miting va kelishuvdan norozi Eron - kun dayjesti
Jahon | 13:26
Mavzuga oid

11:47 / 07.08.2025
PPX to‘lovli asosda jamoat tartibini saqlash bo‘yicha xizmatlar ko‘rsatadi

08:55 / 07.08.2025
Geografik obektlarning klassifikatori ishlab chiqildi

07:42 / 07.08.2025
Davlat organlari hududidan savdo faoliyati uchun foydalanish mumkin bo‘ladi

11:04 / 28.07.2025