Ispaniyada kino va reklamada qo‘llanuvchi qalbaki yevrolar tarqaldi

Jahon 01:32 / 13.08.2020 3021

Ispaniya politsiyasining ma'lum qilishicha, mamlakatda qalbaki banknotalar tarqalmoqda: ular xuddi haqiqiy yevrolarga o‘xshaydi, biroq filmlar va reklamada qo‘llash uchun mo‘ljallangan. Bu haqda Express nashri xabar berdi

“Ispaniyadagi barcha sayyohlar yevrolarni ikki martalab tekshirishlari lozim. Tarqalayotgan qalbaki banknotalar filmlarda va reklamalarda qo‘llanadi, biroq dizayni va o‘lchami bo‘yicha haqiqiy yevrolardek ko‘rinishga ega”, deb ogohlantirilgan huquq-tartibot idoralarida.

Politsiyachilarning ma'lum qilishicha, ushbu ish bo‘yicha ikkita jinoiy to‘da fosh qilingan, 5 kishi hibsga olingan, turli qiymatdagi, asosan 10, 20 va 50 yevrolik qalbaki banknotalar musodara qilingan.

Politsiyada ta'kidlanishicha, jinoyatchilar tomonidan internetda 100 ming dona qalbaki banknota sotilgan. 

“Qalbaki pullar haqiqiylaridan farq qilmasligi uchun bu banknotalarda ularni qo‘llash noqonuniy ekanligidan ogohlantiruvchi yozuv o‘chirib tashlangan. Kupyuralarda, shuningdek, himoya polosalari va logotiplar yo‘q”, deyilgan xabarda. 

Politsiyada ma'lum qilinishicha, jinoiy to‘dalar qalbaki pullarni do‘konlardagi pullarni tekshirish mashinalarini alday oladigan kupyuralar sifatida reklama qilib sotishga uringan, biroq bu haqiqatga mos kelmaydi. 

Ko‘proq yangiliklar: