Turkiya o‘z tadqiqot kemasini himoyalash uchun O‘rta yer dengiziga harbiy kemalar jo‘natdi

Jahon 00:43 / 12.08.2020 7257

Turkiya harbiy-dengiz kuchlari Turkiyaning bu hududdagi huquq va manfaatlarini xalqaro huquq me'yorlariga muvofiq holda himoyalashini ma'lum qildi.

Oruç Reis kemasi O‘rta yer dengizida uglevodorod konlarini qidirish maqsadida Kipr yaqiniga kelgan. Gretsiya bunday harakatlardan norozilik bildirgan. Turkiya bunga javoban O‘rta yer dengizidagi har qanday holatga qat'iy javob berishga tayyorligini ma'lum qilgan. Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘an esa O‘rta yer dengizi davlatlariga bahsni hal qilish uchun barchaga maqbul bo‘ladigan yechimni topishni taklif qilgan.

Avvalroq Turkiya Gretsiyaning noroziligiga qaramay, O‘rta yer dengizida shelfni burg‘ilashga qaror qilgan. 

Ko‘proq yangiliklar: