Yevropa Ittifoqi Belarusdagi saylovlarni adolatsiz va erkin emas deb e'lon qildi

Jahon 23:28 / 11.08.2020 6726

Belarusdagi prezidentlik saylovlari erkin va adolatli bo‘lmadi, deyiladi Yevropa Ittifoqi (YeI) diplomatiyasi rahbari Jozep Borrel bayonotida.

Siyosatchi YeI nomidan so‘zlar ekan, «Saylovlar erkin va adolatli bo‘lmadi», dedi.

Yevrokomissiya rahbari Ursula fon der Lyayyen «Twitter» sahifasida Borrelning bayonotini qo‘llab-quvvatladi va saylovga xuddi shu mazmunda baho berdi.

«Davlat zo‘ravonligiga, erkinlik va huquqlarning kuch bilan bostirilishiga yo‘l qo‘yib bo‘lmaydi. YeI Belarus bilan munosabatlarni tahlil qiladi va aybdorlarga qarshi chora ko‘radi», - deb yozdi u.

Belarusda 9 avgustda o‘tkazilgan prezident saylovi natijalaridan norozi bo‘lgan odamlar va kuchishlatar idoralar xodimlari o‘rtasidagi to‘qnashuvlar 2 kundan beri davom etmoqda. Rasmiy ma'lumotlarga ko‘ra, amaldagi davlat rahbari Aleksandr Lukashenko 80 foizdan ortiq, muxolifat yetakchisi Svetlana Tixanovskaya esa 10 foizdan ortiq ovoz to‘plagan.

To‘qnashuvlar paytida maxsus texnika, suvpurkagichlar, nurshovqinli granatalar, rezina o‘qlar qo‘llanmoqda, militsiya va harbiylar namoyishchilarni tarqatishda ishtirok etmoqda. Rasmiy ma'lumotlarga ko‘ra, kecha tunda 39 nafar harbiy va 50 nafarga yaqin aholi jarohatlangan. O‘lganlar haqida norasmiy ma'lumotlar ham bor.

Ko‘proq yangiliklar: