«Uyda qol – g‘alaba qozon»: Bugun shaxmat bo‘yicha onlayn musobaqaning ikkinchi turi boshlanadi

Sport 18:16 / 11.08.2020 4475

Jismoniy tarbiya va sport vazirligi tomonidan karantin davrida yurtdoshlarimiz orasida sog‘lom turmush tarzini yanada ommalashtirish, aholi orasida sportning shaxmat turini keng targ‘ib etish maqsadida joriy yil 20 iyuldan onlayn shaxmat musobaqasiga start berilgandi. 

«Uyda qol – g‘alaba qozon» shiori ostida tashkil etilgan shaxmat bo‘yicha onlayn O‘zbekiston musobaqasida qatnashish uchun shu kungacha 3 500 nafardan ortiq yurtdoshimiz CHESS.COM saytida ro‘yxatdan o‘tishdi.

Biroq bu so‘nggi chegara emas va musobaqada qatnashish istagidagi yurtdoshlarimiz bemalol, hozirning o‘zidayoq yuqorida ko‘rsatilgan manzil orqali ro‘yxatdan o‘tishlari va shaxmat bo‘yicha onlayn O‘zbekiston musobaqasiga qo‘shilishlari mumkin.

Bugun, 10 avgust kuni ushbu onlayn musobaqaning ikkinchi turniriga start beriladi. Ikkinchi turnir o‘yinlariga 19 avgustda yakun yasaladi.

Agar sizda ikkinchi turnirda ishtirok etish istagi paydo bo‘lgan bo‘lsa, quyidagi link yordamida ro‘yxatdan o‘ting.

Eslatib o‘tamiz, har bir turnir yakuniga ko‘ra eng kuchli 10 nafar shaxmatchi saralab olinadi. Ular esa joriy yilning 20 dekabrida Toshkentda o‘tkaziladigan Grand Finalda qatnashish hamda musobaqa g‘olibiga aylanib, Spark avtomobilini qo‘lga kiritish uchun ajoyib imkoniyatga ega bo‘lishadi.

O‘yinlar har kuni Toshkent vaqti bilan soat 20:00da boshlanadi.

Jismoniy tarbiya va sport vazirligi
Matbuot xizmati

Ko‘proq yangiliklar: