Slovakiyadan Rossiya diplomatlari chiqarib yuborilmoqda

Jahon 00:05 / 11.08.2020 12945

Qayd etilishicha, ular mamlakatni shu hafta oxirigacha tark etishlari shart.

Josuslikda gumonlangan rossiyalik uch nafar diplomat Slovakiyadan chiqarib yuborilmoqda.  Bu haqda o‘z manbasiga tayanib Blumberg xabar qildi.

Agentlik suhbatdoshining so‘zlariga ko‘ra, ular mamlakatni shu hafta oxirigacha tark etishlari shart.

"Qaror bosh vazir Igor Matovichning yangi ma'muriyati tomonidan qabul qilindi", —deyiladi xabarda.

Rossiya TIV ushbu xabarga nisbatan o‘z munosabatini bildirdi.

"An'anaga ko‘ra xuddi shunday javob qaytariladi", - deb ma'lum qilgan Rossiya tashqi ishlar vazirligi.

Avvalroq Chexiya Rossiyaning ikki diplomatini mamlakatdan chiqarib yuborgandi.

Ko‘proq yangiliklar: