Ikkinchi mutaxassislikka qabul boshlandi. Hujjatlar onlayn yuboriladi

O‘zbekiston 14:13 / 11.08.2020 30227

Arizalar ikkinchitalim.edu.uz onlayn platformasi orqali, 31 avgustga qadar qabul qilinadi.

Ikkinchi mutaxassislik uchun qabul kvotalari belgilanmagan: OTMlar abituriyentlar soniga qarab suhbat asosida imtihon o‘tkazadi. Abituriyentlar soni kamroq bo‘lsa, imtihonlarsiz, to‘g‘ridan to‘g‘ri qabul amalga oshiriladi.

Avvalroq oliy va o‘rta maxsus ta'lim vaziri Inom Majidov ikkinchi mutaxassislikka qabul jarayoni murakkab bo‘lmasligini aytgan edi.

«Har bir oliy ta'lim muassasasi abituriyentning salohiyatini o‘z mezonlari asosida baholaydi, qancha talaba qabul qilishni ham o‘zi hal qiladi», – deya ma'lum qilgan Inom Majidov.

Ko‘proq yangiliklar: