Bayrut porti tiklanmasa, Livanda 2,5 haftadan keyin non tugashi mumkin - BMT

Jahon 00:26 / 11.08.2020 9067

“Meni mamlakatda 2,5 haftadan keyin non tugashi juda xavotirlantirmoqda. Mamlakatda 85 foiz g‘alla import qilinadi, u vayron bo‘lgan Bayrut porti orqali kiradi”, deb ma'lum qilgan Bizli.

“Biz hozirda portga oziq-ovqat ortilgan kemalarni qabul qilish qobiliyatini vaqtincha bo‘lsa ham qaytarish bilan shug‘ullanmoqdamiz. Biz 17,5 ming tonna bug‘doy ortilgan kema jo‘natdik, u 2 haftadan keyin Bayrutga keladi. Bu bug‘doy Livanni 20 kunga non bilan ta'minlashga yetadi”, deb qo‘shimcha qilgan BMT vakili.

Uning ta'kidlashicha, boshqa yirik yetkazmalar ham rejalashtirilmoqda. Biroq buning uchun port 2 haftadan keyin kemalarni qabul qila olishi kerak. “Shu sababli hozir donorlar yordami zarur. Bizga vaqtinchalik omborlar, kranlar va generatorlar kerak bo‘ladi”, deb ta'kidlab o‘tgan Bizli va Jahon oziq-ovqat dasturining oziq-ovqat ortilgan 3 ta yuk samolyoti Bayrut aeroportiga yetib kelganini ma'lum qilgan. 

“Odamlar vaziyatdan darg‘azab holdalar, bu rost. Biroq ko‘plab yoshlar vayronalardan tozalashda yordam berayotganlari ilhomlantiradi. Biz haqiqatan ham ancha ish qilishimizga to‘g‘ri keladi”, deb o‘z so‘zlarini yakunlagan BMT vakili.

Bayrut portidagi kuchli portlash 4 avgust kuni sodir bo‘ldi. Natijada shaharga juda katta zarar yetdi, 5 mingdan ortiq odam jabrlandi, 300 mingdan ortig‘i uylaridan mahrum bo‘ldi, 160dan ortiq odam halok bo‘ldi.

Livan rasmiy idoralari ma'lumotiga ko‘ra, dengiz portidagi omborda saqlangan 2,75 ming tonna selitra yonida payvandlash ishlarini bajarishda xavfsizlik texnikasi buzilgani portlashga olib kelgan.

 

Ko‘proq yangiliklar: