Toshkent va Samarqand 2025 yilda yoshlar o‘rtasidagi Osiyo o‘yinlariga mezbonlik qiladi

O‘zbekiston 16:48 / 10.08.2020 7990

«Unga ko‘ra, O‘zbekiston 2025 yilda yoshlar o‘rtasida IV yozgi Osiyo o‘yinlari va 2030 yilda XXI yozgi Osiyo o‘yinlariga mezbonlik qilishi mumkin.

Loyihada shuningdek, O‘zbekiston sport delegatsiyasi 2019 yilning 28 sentabr kuni Qatarning Doha shahrida bo‘lib o‘tgan Osiyo Olimpiya Kengashining 73-ijroqo‘m yig‘ilishida ishtirok etgani hamda O‘zbekiston sport delegatsiyasi Osiyo Olimpiya Kengashi prezidenti Shayx Ahmad Al-Fahad As-Saboh va Osiyo Olimpiya Kengash a'zolari bilan bir qator uchrashuvlar o‘tkazgani to‘g‘risida axborot berilgan.

Mazkur uchrashuvda O‘zbekistonda 2025 yilda yoshlar o‘rtasida IV yozgi Osiyo o‘yinlari va 2030 yilda XXI yozgi Osiyo o‘yinlari o‘tkazilishi masalalari muhokama qilindi.

Shuningdek, Ijroqo‘m kun tartibiga ko‘ra Toshkentda 2025 yilda yoshlar o‘rtasida IV yozgi Osiyo o‘yinlarini o‘tkazish bo‘yicha 10 daqiqalik taqdimot o‘tkazildi.

O‘zbekistonda 2025 yilda yoshlar o‘rtasida IV yozgi Osiyo o‘yinlarini o‘tkazish bo‘yicha taqdimotdan so‘ng, O‘zbekistonda barcha sharoitlar, shu jumladan ushbu xalqaro musobaqani o‘tkazish bo‘yicha zarur sport infratuzilmasini tayyorlash bo‘yicha olib borilayotgan ishlarni inobatga olib, Osiyo Olimpiya Kengashi Toshkentda ushbu nufuzli tadbirni o‘tkazishga rozilik bildirdi.

Bundan tashqari, O‘zbekistonda 2030 yilda XXI yozgi Osiyo o‘yinlari o‘tkazilishi bo‘yicha taqdim qilingan talabnoma qabul qilindi hamda 2020-2021 yillarda bo‘lib o‘tadigan navbatdagi Osiyo Olimpiya Kengashining yig‘ilishida ko‘rib chiqilishi ma'lum qilindi.

Yoshlar o‘rtasidagi yozgi Osiyo o‘yinlari 43 ta xorijiy mamlakatdan, kamida 9 ta sport turidan 14-17 yoshli sportchilar o‘rtasida o‘tkaziladi.

Birinchi yoshlar o‘rtasida yozgi Osiyo o‘yinlari 2009 yilda Singapurda, 2013 yilda Nankin (Xitoy), 2017 yilda Xambantotada (Shri-Lanka), o‘tkazilgan bo‘lsa, 2021 yilda Shantau (Xitoy), 2025 yilda Toshkent va Samarqand shahrida (O‘zbekiston) o‘tkazilishi rejalashtirilgan.

O‘zbekistonda 2025 yilda yoshlar o‘rtasida yozgi Osiyo o‘yinlarini o‘tkazish orqali mamlakatning obro‘i, brend sifatida mamlakat to‘g‘risidagi ma'lumotlar orqali mehmonlarning xabardorligini oshirish, mamlakat infratuzilmasini rivojlantirish, turizmni rivojlantirish va investitsiyalarni jalb qilish, nafaqat poytaxt, balki mamlakat hududlari qiyofasini yaxshilash natijasida mamlakatning ichki qiyofasiga ham o‘z ijobiy ta'sirini ko‘rsatadi», - deyiladi xabarda. 

Ma'lumot uchun, 2030 yilgi Osiyo o‘yinlari mezbonligi uchun O‘zbekistonning Toshkent va Samarqand shaharlari ham da'vogarlik qilishi rejalashtirilgan edi. Ammo O‘zbekiston 2030 yilgi Osiyo o‘yinlari mezbonligi uchun ariza topshirmagandi.

Ko‘proq yangiliklar: