Tixanovskaya Belarus prezidenti saylovi natijalari ustidan shikoyat qildi

Jahon 19:12 / 10.08.2020 11638

«Svetlana bugun MSKga keldi va shikoyat xatini topshirdi», - deb komissiya vakilining so‘zlarini keltirmoqda RIA Novosti.

Avvalroq MSK 9 avgust kuni o‘tkazilgan Belarus prezidenti saylovida mamlakatning amaldagi rahbari Aleksandr Lukashenko 80,08 foiz ovoz, Tixanovskaya esa 10,09 foiz ovoz to‘plaganini e'lon qilgan edi.

Shundan so‘ng Tixanovskaya shtabi MSK e'lon qilgan natijalarni tan olmasligi haqida bayonot berdi va barcha hududlardagi ma'lumotlarga ko‘ra uning 70-80 foiz ovoz to‘plaganini qayd qildi.

Ko‘proq yangiliklar: