Suv ta'minoti og‘ir va ishlov berish qiyin bo‘lgan yerlarga g‘alla ekish qat'iyan taqiqlanadi

O‘zbekiston 11:17 / 10.08.2020 10559

Vazirlar Mahkamasining “2021 yil hosili uchun kuzgi boshoqli don ekinlari navlarini joylashtirish va boshoqli don yetishtirishning prognoz hajmlari to‘g‘risida”gi qarori loyihasi e'lon qilindi.

Quyidagilar:

  • Qoraqalpog‘iston Respublikasi va viloyatlarda 2021 yil hosili uchun serhosil, sifat ko‘rsatkichlari yuqori bo‘lgan kuzgi boshoqli don ekinlarini navlar bo‘yicha joylashtirishning prognoz ko‘rsatkichlari;
  • “O‘zdonmahsulot” aksiyadorlik kompaniyasi tarkibidagi don korxonalari tomonidan 2021 yil hosilidan boshoqli don ekinlari urug‘larini tayyorlash hajmlarining prognoz ko‘rsatkichlari;
  • Don va dukkakli don ekinlari ilmiy-tadqiqot instituti, uning Qashqadaryo filiali va Qoraqalpog‘iston Respublikasi hamda viloyatlar ilmiy-tajriba stansiyalarida 2021 yil hosili uchun kuzgi boshoqli don ekinlarini navlar bo‘yicha joylashtirish va superelita urug‘lik don yetishtirish hajmlarining prognoz ko‘rsatkichlari;
  • O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Qishloq xo‘jaligini davlat tomonidan qo‘llab – quvvatlash jamg‘armasidan 2021 yil hosilidan ichki bozorda don narxlari barqarorligini ta'minlash hamda boshoqli don yetishtirish xarajatlarini moliyalashtirishga ajratiladigan kredit resurslari tasdiqlanadi.

O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari O‘.I.Barnoyevga hamda Moliya vaziri T.A.Ishmetovga Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimlarining takliflari asosida kredit resurslarining tasdiqlangan kafolatli hajmlariga o‘zgartirishlar kiritish huquqi beriladi.

O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi, “O‘zagroservis” jamiyati, Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Agrosanoat majmui ustidan nazorat qilish inspeksiyasi, Moliya vazirligi huzuridagi Qishloq xo‘jaligini davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi, ATB “Agrobank”, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va tumanlar hokimliklari bilan birgalikda:

  • mulk shaklidan qat'iy nazar hududlarda mavjud yer tayyorlash texnikalari, don ekish seyalkalari va moslamalarni texnik xatlovdan o‘tkazish;
  • 2021 yil hosili uchun boshoqli don ekinlarini ekish mavsumida ishtirok etadigan texnika va agregatlarni ustaxonalarga yig‘ib, ta'mirlash uchun zarur bo‘lgan ehtiyot qisimlar zaxirasini yaratishda kerakli mablag‘lar ajratilishini ta'minlash;
  • mavsumda qatnashadigan barcha texnika va agregatlarni markazlashgan holda sifatli ta'mirlashni hamda ustaxonalarda ishchilar uchun zarur shart-sharoitlar yaratilishini tashkil etish;
  • ochiq maydonlarda don ekishda qatnashadigan texnikalarini joriy yilning 25 avgustigacha, g‘o‘za qator orasida don ekish agregat va moslamalarini 5 sentyabrgacha ta'mirlash ishlarini yakunlaydi.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va tumanlar hokimliklari, O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi, Suv xo‘jaligi vazirligi, Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qo‘mitasi, “O‘zdonmahsulot” aksiyadorlik kompaniyasi:

  • boshoqli don yetishtiruvchi korxona va xo‘jaliklarining shart - sharoitlarini, shu jumladan, yerlarning meliorativ holati, tuproqning ball – boniteti va suv ta'minotini chuqur tahlil qilib, hosildorlikni bir gektarga o‘rtacha 60 sentnerdan kam bo‘lmasligi belgilanadi;
  • 25 avgustgacha g‘allachilik klasterlari va fermer xo‘jaliklari bilan don korxonalari o‘rtasida 2021 yil hosilidan ichki bozorda don narxlari barqarorligini ta'minlash tadbirlarini amalga oshirish uchun xarid qilish bo‘yicha kontraktatsiya shartnomalari tuzish ishlarini yakunlaydi.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va tumanlar hokimliklari, O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi, “O‘zdonmahsulot” aksiyadorlik kompaniyasiga:

  • 2021 yil hosili uchun ekiladigan kuzgi boshoqli don ekinlarining urug‘larini yetarli miqdorda nav va avlodlar bo‘yicha tozalash, saralash, dorilash, qoplash va sertifikatlashtirish;
  • sug‘oriladigan maydonlarda, asosan birinchi va ikkinchi reproduksiyali hamda lalmi maydonlarda uchinchi reproduksiyadan past bo‘lmagan urug‘lik donni ekish uchun ishlatish;
  • boshoqli don yetishtiruvchilar mazkur qaror bilan tasdiqlangan boshoqli don ekinlari navlarining joylashtirilishiga qat'iy amal qilishlarini ta'minlash vazifalari yuklatiladi.

Respublika hududida ekishga tavsiya etilmagan g‘alla navlarni, sifatsiz tayyorlangan va dorilanmagan (sertifikatlanmagan) urug‘larni hamda suv ta'minoti og‘ir va ishlov berish qiyin bo‘lgan yerlarga g‘alla ekish qat'iyan taqiqlanadi.

O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Markaziy banki bilan birgalikda:

  • joriy yilning 1 sentyabriga qadar 2021 yil hosili uchun ekiladigan g‘alla maydonlariga talab etiladigan 45 ming tonna fosforli va 20 ming tonna kaliyli mineral o‘g‘itlar (sof holdagi) zaxirasini yaratish uchun zarur bo‘lgan 508,5 mlrd. so‘m mablag‘lar;
  • joriy yilning 5 sentyabriga qadar 2021 yil kuzgi boshoqli don ekinlarini ekish uchun yer tayyorlash texnikalari va don ekish seyalkalarini ta'mirlash, yonilg‘i moylash materiallari, urug‘lik don olish, ish haqi va boshqa xarajatlarga talab etiladigan mablag‘lar;
  • joriy yilning 10 dekabriga qadar g‘alla maydonlarida kasallik, zararkunandalar hamda begona o‘tlarga qarshi kurashda qo‘llaniladigan kimyoviy vositalar zaxirasini yaratish maqsadida 140 mlrd. so‘m mablag‘lar;
  • joriy yilning 31 dekabriga qadar 2021 yil hosili uchun boshoqli don ekinlarini parvarishlashga talab qilinadigan 269,3 ming tonna azotli mineral o‘g‘itlar (sof holdagi) zaxirasini yaratish uchun zarur bo‘lgan 1 trln. 700 mlrd. so‘m mablag‘lar ajratiladi.
Ko‘proq yangiliklar: