Sirtqi ta'lim uchun imtihonlar ham 2 sentyabrdan boshlanadi - vazirlik

O‘zbekiston 18:41 / 10.08.2020 19944

«Kunduzgi ta'lim yo‘nalishlarida qanday tartib bo‘lsa, ayni shu ta'lim yo‘nalishlari bo‘yicha kechki va sirtqi shakllarda ham xuddi shunday tartib bo‘ladi. Ya'ni test bo‘ladiganlarida test, ijodiy imtihon bo‘ladiganlarida ijodiy imtihon.

Ijodiy imtihonlar vaqti OTMlar tomonidan belgilanib, ular haqidagi ma'lumotlar abituriyentlarga yetkaziladi.

DTM tomonidan belgilangan nizom bo‘yicha test boshlanishidan kamida 10 kun oldin ruxsatnomalar olish imkoniyati yaratiladi. Ruxsatnomada abituriyent qachon va qayerda test topshirishi haqidagi ma'lumotga ega bo‘ladi», – dedi Abduvali Xoliqov 10 avgustdagi matbuot anjumanida.

Eslatib o‘tamiz, OTMlarning ikkinchi va undan yuqori bosqich talabalari uchun darslar 2 sentyabrdan masofaviy tarzda, 1-kurs talabalari uchun esa 1 oktyabrdan yo an'anaviy, yo masofaviy shaklda boshlanishi rejalashtirilgan.

Ko‘proq yangiliklar: