Rossiyalik tibbiyotchilar koronavirusga qarshi kurashda yordam berish uchun O‘zbekistonga keladi

O‘zbekiston 19:21 / 10.08.2020 12436

“Biz xalqaro faoliyatimizni ham davom ettirmoqdamiz. Shuni ta'kidlab o‘tmoqchimanki, mutaxassislarimiz Qozog‘istondan o‘z vazifalarini bajarib qaytdilar. Endilikda O‘zbekistonga jo‘natiladigan mutaxassislar guruhi tayyorlanmoqda”, deb aytgan Murashko yig‘ilishda. 

Iyul oxirida Murashko Rossiyada koronavirusga qarshi ishlab chiqilayotgan vaksinaning tarkibiga O‘zbekiston ham kiruvchi Shanhay hamkorlik tashkiloti davlatlariga yetkazilishi bo‘yicha muzokaralar olib borilayotganini ma'lum qilgan.

7 avgustda Rossiya sog‘liqni saqlash vaziri o‘rinbosari Oleg Gridnev Rossiya koronavirusga qarshi vaksinani ro‘yxatga oladigan dunyodagi birinchi davlat bo‘lishini ma'lum qilgan. N.Gamaleya markazi tomonidan ishlab chiqilgan vaksina 12 avgustda ro‘yxatga olinishi rejalashtirilgan.

Ko‘proq yangiliklar: