Prezident sud-tergov faoliyatida shaxsning huquq va erkinliklarini himoya qilishni kuchaytirish bo‘yicha farmon imzoladi 

O‘zbekiston 13:23 / 10.08.2020 10391

Prezident sud-tergov faoliyatida shaxsning huquq va erkinliklarini himoya qilish kafolatlarini yanada kuchaytirishga qaratilgan farmonni imzoladi.

Ushbu hujjatda amaliyotda saqlanib qolayotgan inson huquqlari buzish holatlari, ayniqsa huquqni muhofaza qilish organlari xodimlari tomonidan fuqarolarga nisbatan g‘ayriqonuniy xatti-harakatlar sodir etilishining oldini olishga qaratilgan huquqiy mexanizmlar nazarda tutilgan.  

Bundan tashqari, tergov sifatini xalqaro standartlar asosida tubdan oshirish bo‘yicha amaliy choralar belgilandi.

Yarashuv institutini qo‘llash mexanizmi takomillashtirilmoqda. Unga ko‘ra, shaxsga nisbatan tergov davrida e'lon qilingan ayblov, jinoyat ishi sudning qaysi instansiyasida ko‘rilayotganligidan qat'i nazar yarashuv instituti doirasiga tushadigan yengilroq moddaga qayta malakalangan hollarda yarashuv institutini qo‘llash imkoniyati yaratilmoqda.

Ko‘proq yangiliklar: