O‘zbekiston Afg‘onistonning 400 nafar tolibni ozod qilish to‘g‘risidagi qarorini olqishladi

O‘zbekiston 16:04 / 10.08.2020 5315

O‘zbekiston afg‘onlararo inklyuziv muzokaralar olib borish yo‘lidagi so‘nggi to‘siqni olishga xizmat qilgan 400 tolib mahbuslarni ozod qilish to‘g‘risidagi Afg‘onistonning Maslahat Loya Jirg‘asi qarorini olqishlaydi. Bu haqda Tashqi ishlar vazirligi matbuot xizmati bayonotida aytilgan.

Qayd etilishicha, O‘zbekiston tomoni Dohada Afg‘oniston hukumati va «Tolibon» harakati o‘rtasida muzokaralar jarayoni boshlanishini to‘liq qo‘llab-quvvatlaydi va afg‘on zaminida uzoq muddatli tinchlik va barqarorlikka erishish yo‘lida tomonlar siyosiy iroda, konstruktiv yondashuv va murosaga tayyor ekanliklarini namoyish etishlariga umid bildiradi.

«O‘zbekiston Respublikasi tinchlik jarayonini ilgari surishda har jihatdan yordam ko‘rsatishda davom etadi va afg‘on xalqiga tinch kelajak va farovon davlat qurishda har tomonlama ko‘maklashishga qat'iyan tayyor ekanligini ma'lum qiladi», - deyiladi bayonotda.

Avvalroq, Afg‘oniston xalq vakillari umummilliy yig‘ini 9 avgustda «Tolibon»ning turmalarda saqlanayotgan 400 a'zosini ozod qilish haqida qaror chiqargani xabar berilgandi

Ko‘proq yangiliklar: