Mudofaa sanoati davlat qo‘mitasi korxonasi tibbiy niqoblar ishlab chiqarishni boshladi

O‘zbekiston 13:44 / 10.08.2020 3247

Davlat mudofaa sanoati qo‘mitasi matbuot xizmati xabariga ko‘ra, endi bu yerda ikki maqsadga mo‘ljallangan mahsulot ishlab chiqarilmoqda

Qurolli kuchlar hamda Radiatsiya, kimyo va biologik muhofaza qo‘shinlari uchun mo‘ljallangan nafas olish yo‘llarini himoya qilish vositalari hisoblangan gazli niqoblar, dushmanning ommaviy qirg‘in qurollaridan terini himoyalovchi vositalari va yengil himoya kostyumlarini tayyorlash bilan bir qatorda, keng aholi qatlami uchun uch qatlamli tibbiy niqoblar va himoya vositalarini ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yildi.

Shoshilinch ehtiyoj hamda zamonaviy talab tufayli jamiyat bu kabi ishlab chiqarish yo‘nalishini kengaytirishga qaror qildi. Jamoa karantin davridagi belgilangan qoida talablariga asosan va buyurtmalar qabul qilish to‘g‘risidagi tartibiga muvofiq ishlamoqda, deyiladi ma'lumotda.

Qayd etilishicha, davlat mudofaasi buyurtmasini bajarish barobarida, bu yerda ikki maqsadda foydalanish uchun gaz niqoblarini ishlab chiqarish o‘zlashtirildi.

Kompaniya mahsulotlari Mudofaa vazirligi, Ichki ishlar vazirligi, Favqulodda vaziyatlar vazirligi va Milliy gvardiya bo‘linmalarida harbiy sinovlardan o‘tkazildi.

Ko‘proq yangiliklar: