Jinoyatda gumonlanayotgan shaxsni ushlab turish muddati haqiqatda ushlangan vaqtidan boshlab hisoblanadi

O‘zbekiston 13:27 / 10.08.2020 10405

Prezident sud-tergov faoliyatida shaxsning huquq va erkinliklarini himoya qilish kafolatlarini yanada kuchaytirishga qaratilgan farmonni imzoladi.

Hujjat bilan ushlangan shaxsning huquqlari poymol bo‘lishining oldini olish maqsadida:

  • ushlab turish muddatini jinoyat sodir etishda gumon qilinayotgan shaxs huquqni muhofaza qiluvchi organga keltirilgan vaqtdan boshlab emas, balki shaxs haqiqatda ushlangan vaqtdan boshlab hisoblash;
  • shaxs amalda ushlangan paytdan boshlab, tegishli mansabdor shaxs u bilan bog‘liq surishtiruv va tergov harakatlarini o‘tkazishdan oldin himoyachi bilan xoli uchrashuvni ta'minlashi shartligi haqidagi qoida nazarda tutilmoqda.
Ko‘proq yangiliklar: