Davlat budjeti daromadlarining asosiy qismi qanday soliqlar hisobiga shakllangani ma'lum bo‘ldi

O‘zbekiston 11:27 / 10.08.2020 13297

Vazirlik sharhida aytilishicha, ular: QQS - 14,3 trln. so‘m (jami daromadlarning 24,6 foiz), foyda solig‘i – 11,8 trln. so‘m (20,3 foiz), jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘i - 7,3 trln. so‘m (12,5 foiz), yer qa'ridan foydalanganlik uchun soliq – 7,6 trln. so‘m (13 foiz) va aksiz solig‘i – 5,8 trln. so‘m (10 foiz).

Joriy yil yanvar-iyun oylarida qo‘shilgan qiymat solig‘i (QQS) bo‘yicha tushumlar 14,3 trln. so‘mni tashkil etdi va bu o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 2 trln. so‘mga kamdir.

Soliq organlari tomonidan nazorat qilinadigan QQS tushumlari joriy yil I yarim yilligida 8,1 trln. so‘mni tashkil etdi. Bunda joriy yil II chorakda QQS tushumlarining I chorakka nisbatan 0,6 trln. so‘mdan ko‘proqqa pasayish kuzatildi. Xususan, tushumlar pasayishi may oyiga to‘g‘ri kelgan bo‘lib (qariyb 30 foizga) va bu aprel oyida karantin cheklovlarining joriy etilishi bilan izohlanadi.

Bojxona organlari tomonidan nazorat qilinadigan QQS tushumlari joriy yil I yarim yilligida 7,8 trln. so‘mni tashkil qildi. Bunda joriy yil II chorakda soliq bo‘yicha tushumlar I chorakdagi tushumlardan 4,1 foizga ko‘p bo‘ldi va 4 trln. so‘mni tashkil etdi. Shu bilan birga, 1 698 ta yuridik shaxsga 811 mlrd. so‘mlik soliqni to‘lash muddati 120 kungacha kechiktirib berildi. 

Foyda solig‘i 2020 yil yanvar-iyun oylari davomida foyda solig‘i bo‘yicha tushum 11,8 trln. so‘mni yoki o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 5,1 trln. so‘mga ko‘p tushum ta'minlandi.

Joriy yilning I yarim yilligida jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘i bo‘yicha tushumlar o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 1,1 trln. so‘m ko‘p bo‘lib, 7,3 trln. so‘mni tashkil etdi.

Joriy yilning yanvar-iyun oylarida ushbu soliq bo‘yicha tushumlar 630 mlrd. so‘mni tashkil etib, o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 307 mlrd. so‘mga kamaygan.

Joriy yilning I yarim yilligida resurs soliqlari va mol-mulk solig‘i bo‘yicha tushumlarning umumiy hajmi 2019 yilning shu davriga nisbatan 0,5 trln. so‘mga oshib, 9,7 trln. so‘mni tashkil etdi.

Resurs soliqlaridan qo‘shimcha tushumlarning asosiy qismi yer qa'ridan foydalanganlik uchun soliqqa to‘g‘ri keladi. 2020 yilning I yarim yilligida yer qa'ridan foydalanganlik uchun soliq tushumlari, 2019 yilning I yarim yillikdagi tushumlar bilan solishtirganda, 0,8 trln. so‘mga ko‘paydi va 7,6 trln. so‘mni tashkil etdi.

Ko‘proq yangiliklar: