Birjada bir haftada qancha shakar va benzin sotilgani aytildi

O‘zbekiston 17:07 / 10.08.2020 2609

Bunda sotuvlarning 87,4 foizi - birja savdolari, 4,6 foizi - ko‘rgazma-yarmarka savdolari, 7,4 foizi - elektron davlat xaridlari va 0,5 foizi - avtoraqamlarning onlayn-auksioniga to‘g‘ri keldi.

Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sub'yektlari ishtirokida tuzilgan bitimlarning umumiy hajmi 386,5 mlrd so‘mni tashkil qildi, bu esa avvalgi haftaga nisbatan 11,7 foizga ko‘p. Davlat xaridlari tizimlarida o‘tkazilgan elektron savdolar natijasida budjet va korporativ buyurtmachilarining 14,9 mlrd so‘mlik mablag‘lari tejaldi.

Ko‘rib chiqilayotgan davr mobaynida onlayn auksion orqali 804 ta avtoraqamlar sotildi, sotilgan davlat raqam belgilarining umumiy summasi 5,1 mlrd so‘mni tashkil qildi. Savdolar natijasida bitimlarning 2,9 foiz birinchi toifadagi avtoraqamlarga, 18,6 foiz ikkinchi, 30,2 foiz uchinchi, 10,4 foiz to‘rtinchi, 13,4 foiz beshinchi va 24,4 foiz oltinchi toifa avtoraqamlarga tegishli.

Ko‘rib chiqilayotgan davrda ochiq birja savdolari orqali jami 891,2 mlrd so‘mlik tovar resurslari sotildi, bu esa avvalgi haftaga nisbatan 26,0 foizga ko‘p. Sotuvchi korxonalar mahsulotlarni tasdiqlangan jadvallarga rioya qilgan holda birja savdolariga qo‘ydi.

O‘tgan haftada birja savdolariga 1 353,0 tonna paxta yog‘i qo‘yildi va ulardan 1 164,0 tonnasi, ya'ni 86,0 foizi sotildi. O‘tkazilgan savdolarda har kuni o‘rtacha 90 ta xaridor ishtirok etdi.

O‘tgan haftada paxta yog‘ining boshlang‘ich narxi o‘rtacha 10,5 foizga ko‘tarildi, shu sababli barcha navli paxta yog‘ining kunlik o‘rtacha narxlari mahsulotning bir tonnasi uchun 11,3 mln so‘mdan 12,8 mln so‘mgacha, ya'ni 12,7 foizga o‘sdi. Hafta yakunlariga ko‘ra, 1-navli paxta yog‘ining haftalik kotirovkasi 0,5 foizga o‘sib, mahsulotni bir tonnasi uchun 10,7 mln so‘mni tashkil etdi.

Hafta davomida birja savdolariga 2 756,0 tonna shakar qo‘yildi va ulardan 838,0 tonnasi, ya'ni 30,4 foizi sotildi.

Ko‘rib chiqilayotgan davrda shakarning barcha kategoriyasi bo‘yicha shakllangan kunlik o‘rtacha narxlar mahsulotning bir tonnasi uchun 5,82 mln so‘mdan 5,85 mln so‘mgacha, ya'ni 0,4 foizga ko‘tarildi. O‘tkazilgan birja savdolari natijasida shakarning 3-kategoriyasi bo‘yicha shakllangan o‘rtacha haftalik narxi avvalgi haftaga nisbatan deyarli o‘zgarmadi va mahsulotni bir tonnasi uchun 5,84 mln so‘mni tashkil etdi.

O‘tgan haftada birja savdolariga 51 498,0 tonna AI-80 markali avtomobil benzini qo‘yildi va ulardan 11 918,1 tonnasi, ya'ni 23,1 foizi sotildi. O‘tkazilgan savdolarda har kuni o‘rtacha 39 xaridor ishtirok etdi.

Ko‘rib chiqilayotgan davrda AI-80 markali avtomobil benzinning kunlik o‘rtacha narxlari mahsulotning bir tonnasi uchun 4,85 mln so‘mdan 4,89 mln so‘mgacha, ya'ni 0,9 foizga ko‘tarildi.

Ko‘rib chiqilayotgan davrda AI-80 rusumli avtomobil benzinning o‘rtacha haftalik kotirovkasi benzinning bir tonnasi uchun 4,90 mln so‘mni, AI-91 benzinining o‘rtacha haftalik kotirovkasi benzinning bir tonnasi uchun 5,66 mln so‘mni tashkil etdi.

Ko‘proq yangiliklar: