So‘xliklar ish bilan ta'minlanadi, mahalliy shifokorlarning maoshiga ustama belgilandi

O‘zbekiston 11:24 / 09.08.2020 4455

Unga ko‘ra, Sog‘liqni saqlash vazirligi Farg‘ona viloyati hokimligi bilan birgalikda tumandagi sog‘liqni saqlash muassasalariga yuqori malakali mutaxassislarni ishga jalb qiladi.

So‘x tumanida joylashgan tibbiyot muassasalarida faoliyat olib borayotgan shifokorlarning lavozim maoshlariga sohadagi ish stajining birinchi uch yili uchun tarif stavkasiga nisbatan 40 foiz va har bir keyingi ikki yil uchun tarif stavkasiga nisbatan 15 foiz miqdorda, ustamaning eng ko‘p miqdori 100 foiz o‘rnatilishi;

So‘x tumanida joylashgan tibbiyot muassasalarida faoliyat olib borayotgan shifokorlarning lavozim maoshlariga oylik qo‘shimcha ustamalar, ijtimoiy nafaqalar hamda So‘x tumani mahalliy budjetining soliqlardan berilgan imtiyozlari hisobiga vujudga kelgan yo‘qotishlari joriy yilda Moliya vazirligi huzuridagi Inqirozga qarshi kurashish jamg‘armasi hisobidan qoplab berilishi belgilanmoqda.

Shuningdek, prezidentning mazkur qaroriga ko‘ra Farg‘ona viloyati hokimligiga quyidagi vazifa va topshiriqlar yuklanmoqda:

So‘x tumani aholisi uchun Farg‘ona viloyatining Yozyovon, Qo‘shtepa, Bog‘dod, Rishton va Buvayda tumanlari hududida dehqonchilik qilish uchun ekin yer maydoni va ipoteka kreditlari asosida kvartiralar ajratish;

Farg‘ona viloyati hududida markazlashtirilgan mablag‘lar hisobidan amalga oshirilayotgan qurilish-ta'mirlash ishlariga, shuningdek sanoat korxonalarida yangi tashkil etilayotgan ish o‘rinlariga So‘x tumani aholisini keng jalb qilish;

Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi hamda Toshkent shahar hokimligi bilan birgalikda So‘x tumanining ish bilan bandligi ta'minlanmagan aholining bir qismini Toshkent shahrida yirik obektlarda amalga oshirilayotgan qurilish-ta'mirlash ishlariga tizimli ravishda jalb qilinishini ta'minlash. 

Ko‘proq yangiliklar: