O‘zbekistonda koronavirusdan zararlanish holatlari soni 30 mingdan oshdi

O‘zbekiston 10:04 / 09.08.2020 42709

«2020 yil 9 avgust soat 10.00 holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 30197 nafarni tashkil etmoqda», deyiladi xabarda.

Yangi kasallanish holatlarining 142 nafari Toshkent shahrida, 133 nafari Toshkent viloyatida hamda 4 nafari Qoraqalpog‘iston Respublikasida tana harorati ko‘tarilganligi sababli profilaktika maqsadida hamda koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo‘lganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan.

Shu bilan birga, Shayxontohur tumanida yashagan 84 yoshli Q.Ya. (erkak) hamda Zangiota tumanida yashagan 62 yoshli S.T. (erkak), jami 2 nafar koronavirusga chalingan bemor vafot etgan. Endilikda O‘zbekistonda rasmiy statistikada qayd etilgan koronavirus qurbonlari soni 190taga yetdi.

Shu vaqtgacha O‘zbekistonda 21 ming 316 kishi koronavirus infeksiyasidan sog‘aygan (71 foiz).

Hozirda mamlakatda 8691 nafar bemorga shifokorlar tomonidan belgilangan standartlar bo‘yicha davo choralari ko‘rilmoqda. Ulardan 974 nafari og‘ir, 274 nafari esa o‘ta og‘ir ahvolda.

Ko‘proq yangiliklar: