Farg‘ona shahridan So‘x tumaniga aviaqatnovlar yo‘lga qo‘yiladi

O‘zbekiston 11:19 / 09.08.2020 11071

Prezidentning «2020-2021 yillarda Farg‘ona viloyatining So‘x tumanini kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi qaroriga ko‘ra, Tashqi ishlar vazirligi Mudofaa vazirligi bilan birgalikda Qirg‘iziston Respublikasi havo hududidan foydalanish masalasini hal etadi.

Transport vazirligi Qirg‘iziston Respublikasi havo hududidan foydalanish masalasi to‘liq hal etilgandan keyin bir hafta muddatda Farg‘ona shahridan So‘x tumaniga kichik aviatsiya transporti orqali aholiga maqbul narxlarda qatnovlar yo‘lga qo‘yilishini ta'minlaydi.

Moliya vazirligi Farg‘ona shahridan So‘x tumaniga kichik aviatsiya transporti qatnovi bo‘yicha ko‘rilgan zararlarni qoplash uchun kompensatsiya to‘lovlarini joriy yilda Vazirlar Mahkamasining zaxira jamg‘armasidan qoplanishini va kelgusi yillarda Davlat budjeti parametrlarida nazarda tutilishini ta'minlaydi. 

Ko‘proq yangiliklar: