«Chorvoq» suv omborida cho‘milish va motorli qayiqlardan foydalanish taqiqlanishi mumkin

O‘zbekiston 16:47 / 09.08.2020 44304

Qaror bilan suv omborida suzish vositalaridan foydalanish va aholining cho‘milishi taqiqlanishi mumkin.

Izohlanishicha, Toshkent shahri va viloyati aholisini ichimlik suvi bilan ta'minlashda strategik ahamiyatga ega suv omborida suvning sanitariya-gigiyenik holati maishiy va kimyoviy chiqindilar tashlanishi sababli yomonlashib bormoqda.

Shuningdek, «Chorvoq» suv ombori joylashgan hudud relefining murakkabligi, suvning chuqurligi 220 metrdan oshishi, suvda suzuvchi transport vositalaridan foydalanish va aksariyat holatlarda aholi tomonidan cho‘milish qoidalariga rioya etilmasligi cho‘kish bilan bog‘liq noxush holatlarga olib kelgan.

Xususan, 2ta skuterning to‘qnashishi oqibatida 2017 yilda 2 nafar va 2015 yildan 2020 yilning iyul oyiga qadar 8 nafar fuqaro cho‘kish oqibatida vafot etgan.

Yuqoridagilardan kelib chiqib, ombor suvi ifloslanishining oldini olish va aholi xavfsizligini ta'minlash maqsadida:

  • «Chorvoq» suv omborida motorli qayiqlar, katerlar, yaxtalar, gidrosikl va boshqa suzuvchi vositalardan foydalanishni taqiqlash;
  • plyajlar tashkil etishni va suv ombori qirg‘og‘ida aholining cho‘milishini taqiqlash;
  • maxsus vazifalarni bajarish vakolatiga ega vazirlik va idoralarga o‘z motorli qayiqlaridan foydalanishlariga ruxsat berish;
  • Favqulodda vaziyatlar vazirligi va Ichki ishlar vazirligi tomonidan yuqoridagi talablarga rioya etilishi bo‘yicha profilaktik tadbirlarni kuchaytirish taklif etilmoqda.

FVV tomonidan ishlab chiqilgan qaror loyihasi 23 avgustga qadar muhokamada bo‘lishi belgilangan.

Ko‘proq yangiliklar: