Braziliyada koronavirus qurbonlari xotirasiga 3 kunlik motam e'lon qilindi

Jahon 07:50 / 09.08.2020 3658

Bu ayanchli raqamlar qayd etilgach, Braziliya Milliy kongressi (parlament) va Federal oliy sud koronavirus qurbonlari xotirasiga motam e'lon qildi. 

“Davlatimiz hech qachon bunday ko‘lamdagi fojiani bilmagandi. 100 ming kishi, ulardan har birining ismi, kasbi, rejalari va orzulari bo‘lgan. 100 ming kishi, shubhasiz, ular bu dunyoda va boshqa odamlar hayotida o‘z izlarini qoldirishgan. Qonunchilik hokimiyati va Federal oliy sud nomidan 100 ming vafot etganlar oilalari va yaqinlariga chuqur ta'ziya va hamdardlik izhor etaman. Federal oliy sud qurbonlar xotirasiga 3 kunlik motam e'lon qilinadi”, deb aytgan sud raisi Dias Toffoli.

O‘z navbatida Braziliya  parlamenti qurbonlar xotirasiga 4 kunlik motam e'lon qilgan. Bu haqda senator Davi Alkolumbre ma'lum qilgan. U Braziliyada koronavirus qurbonlari soni 100 mingdan oshgan 8 avgustni “mamlakatning zamonaviy tarixidagi eng qayg‘uli kunlardan biri” deb atagan. 

Avvalroq, Braziliyada koronavirus qurbonlari soni 10 mingdan oshgandan keyin 10 mayda 3 kunlik motam e'lon qilingan edi.     

Mamlakatning sud va qonunchilik hokimiyatlarining koronavirusga qarshi kurashish bo‘yicha pozitsiyalari mamlakat prezidenti Jair Bolsonaruniki bilan tafovutlashmoqda. Yaqinda o‘zi koronavirusni boshdan o‘tkazgan Bolsonaru hamon virusni 60 yoshgacha bo‘lganlar uchun xavfsiz deb hisoblamoqda. U bir necha oy davomida koronavirus tarqalishi xavfini kamaytirib, uni “grippcha” deb atagan, shtatlar gubernatorlari kiritgan karantin choralari mamlakat iqtisodiyotiga putur yetkazishi mumkinligini aytib, ularni tanqid qilgan. Bolsonaru, shuningdek, qat'iy karantin choralarini qo‘llab-quvvatlagan ikki nafar sog‘liqni saqlash vazirini lavozimidan bo‘shatgan.

Braziliya prezidenti 6 avgustda ijtimoiy tarmoqlardagi har haftalik murojaatida mamlakatda yaqin orada koronavirusning qurbonlari soni 100 mingdan oshishini aytgan va o‘z so‘zlarini “hayot davom etaveradi”, deb tugatgan. Uning bu ohangdagi so‘zlari mahalliy OAVda yana keskin munosabat keltirib chiqargan.

Ko‘proq yangiliklar: