Yadro fizikasi sohasida yetuk olim Zokirjon Kanokov hayotdan ko‘z yumdi

Jamiyat 14:35 / 08.08.2020 10833

Yadro fizikasi instituti xabariga ko‘ra, Zokirjon Kanokov 1956 yil 25 yanvarida Toshkent viloyatining Bo‘stonliq tumanida tavallud topgan. 1973 yil Toshkent davlat universitetining Fizika fakultetiga o‘qishga kirgan. 

Ilmiy faoliyatini 1978 yildan O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Fizika-texnika institutida boshlagan. 1983-2012 yillar davomida O‘zbekiston Milliy universiteti Fizika fakultetida ilmiy xodim va pedagog, 1986-1987 yillarda Moskva davlat universitetida stajyor o‘qituvchi, 2012-2017 yillarda Milliy universiteti Fizika fakulteti «Nazariy va yadro fizikasi» kafedrasi mudiri, 2018 yildan hozirgacha FA Yadro fizikasi instituti Nazariy yadro fizikasi laboratoriyasining mudiri lavozimida samarali faoliyat ko‘rsatib kelayotgan edi.

Zokijon Kanokov ilmiy faoliyati davomida Ochiq kvant sistemalar va nanosistemalarining harakat dinamikasini, Og‘ir ionlar to‘qnashuvida vazmin yadrolarning qo‘shilishi va bo‘linishi jarayonlarini o‘rganishga katta e'tibor berdi. Bu tadqiqotlar Rossiya Federatsiyasining Dubna shahrida joylashgan Birlashgan yadro tadqiqotlari instituti olimlari e'tiborini tortdi va uzoq yillar davomida hamkorlikda qilingan izlanishlarning asosi bo‘ldi. Hamkorlikda qurilgan yangi nazariy usullar dunyo miqyosida tan olingan. 

Z. Kanokov 80 dan ortiq ilmiy nashrlar, 60 dan ortiq maqolalar chop etgan. O‘zining ilmiy-pedogogik faoliyati davomida ko‘plab o‘quv qo‘llanmalar muallifidir va Toshkent davlat universiteti Fizika fakultetida talabalarga yadro fizikasi va elementar zarralar fizikasi, yadro modellari fanlaridan chuqur saboq berdi. 

Ko‘proq yangiliklar: