Trampning maslahatchilari uning urush boshlab yuborishidan xavotirlanishganini aytishdi

Jahon 19:30 / 08.08.2020 15700

AQSh prezidenti Donald Trampning maslahatchilari prezidentning urush boshlashidan xavotirlanishgani uchun  unga harbiy maslahatlar berishdan cho‘chishgan. Bu haqda jurnalist va CNN telekompaniyasining milliy xavfsizlik bo‘yicha sharhlovchisi Jim Skiuttoning kitobida ma'lum qilingan.

 Skiutto 11 avgustda nashr etiladigan «Telbaning nazariyasi: Tramp dunyoni zabt etmoqda» kitobida Tramp ma'muriyatining bir necha nafar sobiq xodimlariga asoslangan.

Ularning so‘zlariga ko‘ra, AQShning Shimoliy Koreya va Eron bilan munosabatlari keskinlashgani sababli Tramp mamlakatni urush domiga tortishidan xavotirlanishgan.

Trampning maslahatchilari u Pxenyanga qarshi harbiy harakatlar boshlashidan cho‘chishgan, shu bois Pentagon unga «keng miqyosdagi harbiy imkoniyatlar»ni bermagan.  

 2019 yilda Tramp ma'muriyati Eronning Fors ko‘rfazidagi harakatlariga javob qaytarish masalasini ko‘rib chiqayotganida uning maslahatchilari Yaqin Sharqdagi hamkorlari va Tehronga prezidentning keyingi harakatlari qanday bo‘lishini bilmasliklari haqida xabar berishgan.

 2019 yilgacha mudofaa vazirining Yaqin Sharq bo‘yicha yordamchisi bo‘lib ishlagan Mik Malroyning aytishicha, Tramp mintaqada nizo avj olishiga sabab bo‘luvchi qaror qabul qilishi mumkin bo‘lgan.

 «Shuning uchun Eronga hattoki prezidentning maslahatchilari ham Tehronning neft obektiga hujumi nimalarga olib kelishi mumkinligini bilmasliklarini aytganmiz», degan u.

Ko‘proq yangiliklar: