Tomorqa yerlariga suv chiqarish uchun davlat subsidiya ajratadi

O‘zbekiston 11:17 / 08.08.2020 5472

Hujjat Prezidentning 30.06.2020 yildagi “Aholi tomorqalaridan foydalanish samaradorligini oshirishning qo‘shimcha chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-4767-son qaroriga muvofiq qabul qilingan.
 
Norma’ning yozishicha, davlat suv ta'minoti og‘ir hududlardagi aholi tomorqalari va qishloq xo‘jaligida foydalanilmayotgan yer maydonlarini sug‘orish uchun vertikal sug‘orish quduqlarini burg‘ilash, daryolar, kanallar va boshqa suv obektlaridan suv chiqarish vositalarini sotib olish va o‘rnatishga subsidiya ajratadi.
 
Subsidiyalar quyidagi shartlar va miqdorlarda ajratiladi:

  • qishloq xo‘jaligida foydalanilmayotgan har bir gektar yerni foydalanishga kiritish bilan bog‘liq xarajatlarning 50 foizi, biroq BHMning 50 baravaridan oshmagan miqdorda;
  • aholi tomorqa yerini sug‘orish uchun chuqurligi 10 metrdan ortiq bo‘lgan har bir vertikal sug‘orish qudug‘ini burg‘ylash va ishga tushirish bilan bog‘liq xarajatlarni qoplashga quduqning har bir metr chuqurligi uchun 100 ming so‘mdan, biroq BHMning 50 baravaridan oshmagan miqdorda;
  • kamida 30 ta aholi tomorqa yerlarini sug‘orish uchun vertikal sug‘orish quduqlarini burg‘ilash va ishga tushirish bilan bog‘liq xarajatlarning 70 foizi, biroq 120 mln so‘mdan oshmagan qismi qoplanadi.

 
Shuningdek, hujjat bilan quyidagilar belgilandi:

  • O‘zbekiston fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalari kengashi (keyingi o‘rinlarda – Fermer xo‘jaliklari kengashi) Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vazirligi, Suv xo‘jaligi vazirligi bilan birgalikda har yili 1 aprel va 1 avrystga qadar suv ta'minoti og‘ir hududlardagi aholi tomorqalarida burg‘ylanadigan vertikal sug‘orish quduqlarining manzilli dasturini shakllantiradi va tasdiqlaydi;
  • subsidiyalar Fermer xo‘jaliklari kengashi tomonidan Suv xo‘jaligi vazirligi bilan birgalikda tasdiqlanadigan ro‘yxatga asosan 2020-2021 yillarda Inqirozga qarshi kurashish jamg‘armasi hisobidan hamda 2022 yildan boshlab - Fermer xo‘jaliklari kengashi huzuridagi Fermer, dehqon xo‘jaligi va tomorqa yer egalarini qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan moliyalashtiriladi.

 
Hujjat 30.07.2020 yildan kuchga kirdi.

Ko‘proq yangiliklar: