Test sinovlariga 2 soat vaqt ajratiladi

O‘zbekiston 18:13 / 08.08.2020 17318

“Test sinovlari uchun abituriyentlarga 2 soat vaqt beriladi. Ertalabki smenalar soat 8:00da boshlanib, 10:00da tugaydi, kechki smenalar esa soat 17:00da boshlanib, 19:00da yakunlanadi. Soat 10.00 va 17.00 oralig‘ida stadionda hech kim bo‘lmaydi. Abituriyentlar maxsus dezinfeksion yo‘lakdan o‘tadi, ularga tibbiy niqob beriladi hamda antiseptik vositalar ishlatiladi. Test sinovlari stadionda bo‘layotganligini inobatga olib, abituriyentlarga qo‘shimcha ravishda oq bosh kiyim (kepka) tarqatiladi,” – dedi Karimov.

Shuningdek, Majid Karimov test sinovlariga ajratilgan vaqt nima sababdan 3 soatdan 2 soatga o‘zgartirilganligiga izoh berdi.

“Har yili test sinovlari uchta fandan o‘tkazilar va uchta fanga uch soat vaqt berilar edi. Bu yil esa istisno tariqasida test sinovlari ikkita fandan o‘tkaziladi. Sharoitdan kelib chiqib, qo‘shimcha fanlar olib tashlandi. Bundan tashqari, test sinovlari ancha soddalashtirilgan va osonlashtirilgan”, dedi u.

Ko‘proq yangiliklar: